$
12190.57 UZS
18.39
157.48 UZS
0.03
14303.20 UZS
-53.89
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyev “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri bilan tanishdi

20:24 / 18.12.2024

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-dekabr kuni “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini borib ko‘rdi.

Mazkur majmua davlatimiz rahbarining 2020-yil 28-yanvardagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan, o‘sha yili 17-aprelda uning qurilishiga tamal toshi qo‘yilgandi. 

Birinchi bosqichda qariyb 20 gektar maydonda texnopark barpo etilmoqda. U ma’muriy markaz, tadqiqot va rivojlanish markazi (R&D), farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi laboratoriyasi, klinik tadqiqotlar markazi, Farmatsevtika texnik universiteti hamda vivariyni o‘z ichiga oladi.

Bugungi kunda ma’muriy markaz qurib bitkazilgan. 11 qavatli ushbu binoda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, konferensiya zali, kovorking markazi, biznes inkubator, kutubxona, soha tarixi muzeyi joylashgan.

Davlatimiz rahbari ushbu markazni va navbatdagi inshootlar qurilishini ko‘zdan kechirdi. 

Klasterdan asosiy maqsad yuqori texnologiyalarni joriy etish orqali mamlakatimiz farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish, xalqaro innovatsion tizimga integratsiyalashish, yuqori sifatli dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani ishlab chiqarish, malakali mutaxassislar tayyorlashdir. Ushbu keng ko‘lamli maqsadlardan kelib chiqib, Toshkent viloyati Zangiota tumanidan 190 gektar yer maydoni ajratilgan.

Hozirgi kunda bu yerdagi sanoat zonasida umumiy qiymati 818 million dollarlik 21 ta loyiha joylashtirilgan. Ularning birinchisi – “Grand Pharm Logistics Hub” tomonidan 40 million dollarlik distribyutorlik markazi ishga tushirildi va 300 ta ish o‘rni yaratildi. Korxonalar Turkiya, Hindiston, Xitoy, Malayziya, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

Prezidentimiz ushbu loyihalar tashabbuskorlari bilan suhbatlashdi. Investitsiyalarni jalb etish va qo‘llab-quvvatlash izchil davom ettirilishini ta’kidladi.

Kelgusida sanoat zonasida yana 620 million dollarlik 20 ta loyiha amalga oshirilishi mo‘ljallangan.

Umuman, klasterda yuqori sifatli dori-darmonlar va tibbiy buyumlar ishlab chiqariladi, import bo‘layotgan mahsulotlar mahalliylashtiriladi, 8 ming ish o‘rni yaratiladi. Zarur amaliyotlar markazi (GxP) tovarlarning tayyorlanishidan iste’molchiga yetib borishigacha bo‘lgan barcha bosqichlarda xalqaro standartlarga muvofiqlik va sifatni ta’minlashga ko‘maklashadi.

Davlatimiz rahbariga shu yerda barpo etiladigan Farmatsevtika texnik universiteti haqida axborot berildi. 

Unda farmakopeya markazi, kutubxona, sport majmuasi, o‘qituvchilar va chet ellik xodimlar uchun turar joy bo‘ladi. Sanoat farmatsiyasi, biokimyo va biotibbiyot, biotexnologiya, biofarmatsevtika, bioinformatika kabi yo‘nalishlarda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi. Buning uchun ta’lim xalqaro dasturlar asosida yo‘lga qo‘yiladi, mikrobiologiya, biotexnologiya, hujayra biologiyasi, farmakologiya, tahliliy kimyo kabi laboratoriyalar tashkil etiladi.

Universitetga joriy o‘quv yilida ilk talabalar qabul qilindi. Prezident ular bilan muloqotda bo‘ldi.

– Biz rivojlangan davlatlardan investorlar olib kelyapmiz. Ular O‘zbekistonga qanday qilib baho beradi? Sizlar bilan muloqot qilib. Mamlakatimizning boyligi – yoshlar! Farmatsevtika bo‘yicha ham eng yaxshi dasturlarni qo‘llab, kelajak uchun mutaxassislarni tayyorlab olmasak, boshqalarga pul to‘laymiz, bog‘liq bo‘lib qolamiz. Shuning uchun zamonaviy universitet tashkil qilib, dual ta’limni yo‘lga qo‘yyapmiz. Bu yerda ham bilim olasizlar, ham o‘qiganlaringizni amalda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lasiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mazkur o‘quv yurti bitiruvchilariga Koreya Respublikasining Yonse, Buyuk Britaniyaning Sanderlend va De Montfort universitetlarining xalqaro miqyosda tan olinadigan diplomlari beriladi. Shuningdek, Dandi, Pusan va Purdyu universitetlari bilan ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.


O‘zbekiston


														
														Yangi O‘zbekiston sport va ochiqlik orqali dunyo bilan integratsiyalashyapti

Yangi O‘zbekiston sport va ochiqlik orqali dunyo bilan integratsiyalashyapti

“Birinchi marotaba 15 ming nafarlik ishtirokchilar bilan chiqmoqdamiz. Toshkent mezbonligida o‘tayotgan mazkur marafon keyin…
16:55 / 02.03.2026

														
														3-mart uchun ob-havo ma’lumoti

3-mart uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
16:32 / 02.03.2026

														
														Qoraqalpog‘iston va Xorazmda gazga bazaviy me’yor 15-martga qadar uzaytirildi

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda gazga bazaviy me’yor 15-martga qadar uzaytirildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yor 15-martga q…
15:11 / 02.03.2026

														
														O‘zbekistonda hafta davomida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda hafta davomida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

“Ish haftasi davomida O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi”, – deya xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
13:35 / 02.03.2026

														
														Qoraqalpog‘istonda ichimlik suvi ta’minotini rivojlantirishga 2,2 trln so‘m yo‘naltiriladi

Qoraqalpog‘istonda ichimlik suvi ta’minotini rivojlantirishga 2,2 trln so‘m yo‘naltiriladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi aholi punktlarining markazlashgan ichimlik suv ta’minoti tizimlarini kompleks rivojlantiri…
13:21 / 02.03.2026

														
														Toshkent viloyatida prokuratura xodimi 9 ming dollar pora bilan ushlandi

Toshkent viloyatida prokuratura xodimi 9 ming dollar pora bilan ushlandi

Holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan ushbu shaxs va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-mod…
12:21 / 02.03.2026

														
														O‘zbekistonliklarga xorijga chiqmaslik tavsiya qilindi

O‘zbekistonliklarga xorijga chiqmaslik tavsiya qilindi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarga Yaqin Sharq yo‘nalishida rejalashtirilgan ziyorat, tijorat, dam olish hamda …
11:05 / 02.03.2026

														
														Toshkentda 33,4 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi

Toshkentda 33,4 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi

oshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi, 1996-yilda tug‘ilgan shaxs va uning 1999-yilda tug‘ilgan samarqandlik tani…
09:22 / 02.03.2026

														
														1-martdan gaz narxlari oshirilmadi — Energetika vazirligi

1-martdan gaz narxlari oshirilmadi — Energetika vazirligi

Energetika vazirligi O‘zbekistonda 1-martdan gaz narxi oshirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
16:57 / 01.03.2026

														
														Toshkentga qaytayotgan 48 nafar o‘zbekistonlik Doha aeroportida qolib ketgan

Toshkentga qaytayotgan 48 nafar o‘zbekistonlik Doha aeroportida qolib ketgan

Yaqin Sharqdagi so‘nggi voqealar munosabati bilan Qatarda bo‘lib turgan 600 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi orasida jabrlangan…
16:28 / 01.03.2026

Bu ham qiziq

Qirg‘iziston Rossiya tufayli Yevropa Ittifoqiga ultimatum qo‘ydi

Qirg‘iziston Rossiya tufayli Yevropa Ittifoqiga ultimatum qo‘ydi

“Shu bilan birga Yevropa Ittifoqi Bishkek aybsizligini isbotlash va jazodan qochish uchun nima qilishi kerakligini belgilama…
16:43 / 02.03.2026
Isroil sobiq bosh vaziri Erdo‘g‘anni “ayyor raqib” deb atadi

Isroil sobiq bosh vaziri Erdo‘g‘anni “ayyor raqib” deb atadi

Isroilning sobiq bosh vaziri Naftali Bennet Turkiyaga nisbatan choralar ko‘rishga chaqirdi. Bu haqda i24news xabar bermoqda.
15:29 / 02.03.2026
Rizo Pahlaviy Eron aholisiga murojaat yo‘lladi

Rizo Pahlaviy Eron aholisiga murojaat yo‘lladi

Eronning sobiq valiahd shahzodasi Rizo Pahlaviy Eron xalqiga murojaat yo‘llab, mamlakat uchun hal qiluvchi lahzalar kelganin…
16:20 / 28.02.2026
Finalissima Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab o‘tkazilmasligi mumkin

Finalissima Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab o‘tkazilmasligi mumkin

“Qatar futbol assotsiatsiyasi bugundan boshlab barcha turnirlar, musobaqalar va o‘yinlar keyingi noma’lum muddatga qoldirilg…
14:19 / 02.03.2026
2-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

2-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harora…
15:30 / 01.03.2026
BAAda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

BAAda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

“Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi hamda BAAdagi dipl…
13:32 / 01.03.2026
Komil Allamjonovga suiqasd qilgan shaxs qamoqxonada vafot etdi

Komil Allamjonovga suiqasd qilgan shaxs qamoqxonada vafot etdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 26-fevral kuni sodir bo‘lgan. Jahongirov izolyatorda kiyimidan foydalangan holda o‘z joniga qasd…
16:53 / 28.02.2026
Eronning yangi Oliy rahbari haqida nimalar ma’lum?

Eronning yangi Oliy rahbari haqida nimalar ma’lum?

Bugun, 1-mart kuni Ali Rizo Arofiy Eron rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Reuters xabar berd…
16:12 / 01.03.2026
1-mart uchun ob-havo ma’lumoti

1-mart uchun ob-havo ma’lumoti

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) …
16:13 / 28.02.2026
Boks. “Stranja” turnirida 17 ta medal jamg‘argan O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada tengisiz bo‘ldi

Boks. “Stranja” turnirida 17 ta medal jamg‘argan O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada tengisiz bo‘ldi

​Musobaqada O‘zbekistondan keyingi o‘rinni Qozog‘iston 9 ta medal bilan qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ukrainalik bokschilar kuchli…
09:53 / 02.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!