$
11971.64 UZS
-8.72
₽
146.33 UZS
0.71
€
13160.42 UZS
26.35
31° Kechasi 18°

Mizofobiya nima va undan qanday qutulish mumkin?

15:30 / 08.05.2023

Mizofobiya (germofobiya, basillofobiya) bu biror jismda bo‘ladigan mikroorganizmlar ya’ni mikroblarga nisbatan patologik qo‘rquv hisoblanadi.

Umuman olganda, zararli bakteriyalardan qo‘rqish odatiy hol bo‘lib, mikroblar haqidagi fikrlar doimo insonni ta’qib qiladi va uning xatti-harakati hamda farovonligini o‘zgartira boshlaydi, so‘ngra bu qo‘rquvlar fobiyaga, ya’ni doimiy amaliyotga aylanadi. Misol uchun, inson eshik tutqichini ushlab turolmasa, unda bakteriyalar mavjud degan fikr bo‘lishi mumkin, u qo‘llarini cheksiz yuvadi va o‘zi teginadigan barcha yuzalarni dezinfeksiya qila boshlaydi.

Bu qo‘rquv ijtimoiy muammolarga ham olib kelishi mumkin. Biror kishi atrofdagilar bilan qo‘l berib, salomlashishdan qo‘rqishi, beixtiyor biror kasallik yuqmasligi uchun ulardan uzoqroq turishi, jamoat joylariga, jumladan do‘konlar, restoranlar va kafelarga borishda qiynalishi mumkin.

Bunday holatlar ayniqsa, koronavirus pandemiyasi davridan so‘ng yanada ommalashdi.

Mizofobiya obsessiv-kompulsiv (mukkasidan ketish, odatiylik) buzilishning keng tarqalgan alomatidir. Buni odamning tinchini buzuvchi – intruziv fikrlar ta’qib qiladigan holat sifatida ham baholash mumkin. Shundan so‘ng, inson tashvish va majburiylik holatlarini bartaraf etish uchun takroriy harakatlar qila boshlaydi. Misol uchun, agar biror kishini ifloslanish va bakteriyalar haqidagi fikrlar bezovta qilsa, u tez-tez va uzoq vaqt davomida qo‘llarini yuvib yurishi mumkin.

Shu bilan birga, obsessiv-kompulsiv buzilish har doim ham mikroblardan qo‘rqish degani emas. Ushbu kasallikka chalingan odamlar turli xil intruziv fikrlardan ham aziyat chekishi mumkin.

Mizofobiya nima uchun paydo bo‘ladi?

O‘ziga xos fobiyalar 30 foiz hollarda ajdodlardan “meros” bo‘lib o‘tadi, shuning uchun ota-onalarimiz yoki boshqa yaqin qarindoshlarimiz mantiqsiz qo‘rquvlardan aziyat chekkan bo‘lsa, buni omadsizlik sifatida qabul qilishimiz mumkin. Aslida qo‘rquv ham buyuk in’om, chunki ma’lum narsadan qo‘rqish insonlarni chegaralab turadi va atrof-muhitga nisbatan immunitetni shakllantiradi.

Nafaqat genlar, balki atrof-muhitning ta’siri ham qiymatga ega bo‘lishi mumkin. Misol uchun, agar ota-onalar mikroblardan qo‘rqishsa, bolalar bakteriyalarni yovuzlik, deb bilib, o‘zlarini ulardan himoya qilishga harakat qiladi. Bundan tashqari, fobiya salbiy tajribadan – jiddiy kasallik yoki undan keyingi asoratlardan ham kelib chiqishi ko‘p uchraydigan amaliyot.

Bundan tashqari, zamonaviy dunyo mizofobiya rivojlanishiga hissa qo‘shayotganga o‘xshaydi. Bakteriyalarni demonizasiya qiluvchi (yovuz qilib ko‘rsatish) reklamalar tufayli odamlar mikroorganizmlardan tobora ko‘proq qo‘rqib bormoqda va atrofdagi hamma narsani – uydagi yuzadan tortib o‘z terisigacha sterilizasiya qilishga intiladi.

Mizofobiya bor-yo‘qligini qanday aniqlash mumkin?

Fobiya insonning hamrohi bo‘lishi mumkin, agar:

kimdir qo‘llarini tez-tez yuvsa, ba’zan buni bir necha marta ketma-ket yoki asossiz uzoq vaqt davomida bajarsa;
mikroblar bilan aloqa qilmaslik uchun qo‘lqop kiyib yurish;
ijtimoiy aloqalardan qochish, hatto yaqin odamlardan ham ehtiyot bo‘lishi mumkin;
tez-tez ishlatadigan narsalarni, masalan, avtomobil pulti yoki rulni maxsus g‘ilof bilan berkitib yurish;
jamoat joylarida, jumladan, hojatxonalar, do‘konlar va restoranlarda o‘tkaziladigan vaqtni qisqartirish;
kuniga ko‘p marta dush qabul qilish;
har safar notanish narsaga nisbatan dezinfeksiyalash vositasidan foydalanish va hokazo.

Mizofobiya, shuningdek, tashvishning jismoniy belgilariga olib kelishi mumkin:

ko‘ngil aynishi;
bosh aylanishi;
bo‘g‘ilish;
tez-tez yurak urishi;
titroq;
kuchli terlash.

Agar ushbu fobiyaning alomatlari inson hayotiga, ish faoliyatiga va ta’lim olishiga xalaqit bersa, imkoniyatlarini chegaralab qo‘ysa, munosabatlarni murakkablashtirsa va noqulaylik tug‘dirsa, malakali terapevt bilan maslahatlashish haqida o‘ylashi kerak.

Mizofobiya bilan kurashish mumkinmi?

Har qanday fobiyaga qarshi kognitiv xatti-harakatlar terapiyasi, xususan desensitizasiya (moyillikni kamaytirish) proseduralari yoki ta’sir qilish terapiyasi yordamida kurashish mumkin. Inson bular yordamida yaxshi davolanadi.

Texnikaning mohiyati shundan iboratki, inson asta-sekin o‘z tezligida va qulay muhitda qo‘rquv obyektiga duch keladi va unga ko‘nika boshlaydi. Misol uchun, u iflos narsaga tegadi, keyin esa bir muddat qo‘llarini yuvmaydi, dam olishga va tinchlanishga harakat qiladi. Vaqt o‘tishi bilan qo‘rquv zaiflashadi hamda inson haqiqiy hayotda o‘zi uchun qo‘rqinchli narsalarga ham o‘rganib qoladi.

Agar fobiyaga qo‘shimcha ravishda ularda obsessiv-kompulsiv buzilish ham bo‘lsa, psixiatr davolash rejasiga serotoninni qayta yuklashning selektiv inxibitorlari (moddalar reaksiyasiga ta’sir qiluvchi modda) kabi farmakologik yordamni kiritishi mumkin.

Ushbu dorilar odatda depressiyani davolash uchun ishlatiladi, ammo ular odatlanib qolish alomatlarini yengillashtirishga ham yordam beradi.


Lifestyle


														
														22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:57 / 22.10.2026

														
														21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:34 / 21.10.2026

														
														20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:26 / 20.10.2026

														
														Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘iston musulmonlari diniy idoralari 2027-yilgi Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishini prognoz qildi. Bu h…
15:31 / 19.10.2026

														
														19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:51 / 19.10.2026

														
														13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:35 / 13.10.2026

														
														4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:21 / 04.10.2026

														
														2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
08:50 / 02.10.2026

														
														30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
09:58 / 30.09.2026

														
														“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

Kechcha, 24-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Dars” badiiy filmining премьераси bo‘lib o‘tdi, bugundan…
13:40 / 25.09.2026

Bu ham qiziq

Özbekistonda banklar mijozlarga naqd pul berişni uzluksiz ta’minlaşi şart

Özbekistonda banklar mijozlarga naqd pul berişni uzluksiz ta’minlaşi şart

Özbekistonda aholi va tadbirkorlarning naqd pul oliş huquqini kafolatlovçi yangi tartib joriy etiladi. Unga köra, banklar fu…
16:18 / 19.11.2026
Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

19-noyabr kuni Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ta’limni rivojlantiriş istiqbollariga bağişlangan Erasmus+ eks…
17:52 / 19.11.2026
Tramp: Eron bilan mojaroni tugatiş uçun Rossiya yoki Xitoy yordamiga muhtoj emasmiz

Tramp: Eron bilan mojaroni tugatiş uçun Rossiya yoki Xitoy yordamiga muhtoj emasmiz

AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron bilan mojaroni hal qiliş va uruşni yakunlaş uçun Rossiya yoki Xitoydan yordam söraş niyatid…
16:58 / 19.11.2026
Samarqandda uç kişini Umraga yuborişni va’da qilgan firma rahbari uşlandi

Samarqandda uç kişini Umraga yuborişni va’da qilgan firma rahbari uşlandi

Samarqandda uç nafar fuqaroni tegişli litsenziyasiz Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, buning evaziga 3 750 AQŞ dollari …
09:18 / 19.11.2026
Özbekiston turk investorlarini Yangi Toşkentdagi loyihalarda iştirok etişga çaqirdi

Özbekiston turk investorlarini Yangi Toşkentdagi loyihalarda iştirok etişga çaqirdi

Özbekiston Turkiya kompaniyalarini qişloq xöjaligi, infratuzilma va quriliş sohalaridagi qöşma loyihalarga jalb etmoqçi. Bu …
14:19 / 19.11.2026
Putin, Tramp va Si Szinpin APEC sammitining yalpi majlisida nutq sözladi

Putin, Tramp va Si Szinpin APEC sammitining yalpi majlisida nutq sözladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin, AQŞ prezidenti Donald Tramp va Xitoy raisi Si Szinpin Xitoyda bölib ötayotgan Osiyo-Tinç …
09:24 / 19.11.2026
Irlandiyada erkak bolta bilan AQŞ harbiy samolyotini işdan çiqardi

Irlandiyada erkak bolta bilan AQŞ harbiy samolyotini işdan çiqardi

Irlandiyaning Şannon aeroportida 48 yoşli erkak bolta bilan AQŞ Milliy gvardiyasiga tegişli C-130 Hercules harbiy samolyotig…
10:58 / 18.11.2026
Özbekistonda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga çiqariladi

Özbekistonda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga çiqariladi

Özbekistonda 2026–2027-yillarda umumiy qiymati 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari, köçmas mulk obyektlari va yer maydon…
15:47 / 19.11.2026
Xitoyda Si Szinpinning Putin va Trampga munosabati OAV e’tiborini tortdi

Xitoyda Si Szinpinning Putin va Trampga munosabati OAV e’tiborini tortdi

Xitoyda ötkazilayotgan APEC sammiti doirasida Xitoy raisi Si Szinpinning Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQŞ prezidenti…
09:28 / 19.11.2026
Jahon banki Samarqand tibbiyotini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki Samarqand tibbiyotini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki Özbekistonda birlamçi tibbiy yordam sifatini yaxşilaş maqsadida 100 million dollar imtiyozli kredit ajratişni ma…
10:19 / 19.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!