Mehnat kodeksida yoshlar uchun alohida kafolatlar belgilangan, jumladan 16 dan 18 yoshgacha bo‘lganlar uchun ish vaqti haftasiga 36 soatdan, 15 dan 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun esa haftasiga 24 soatdan oshmasligi lozim.
Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va kontrakt bo‘yicha o‘qiyotgan ijtimoiy faol talabalarga kontrakt summasining 35 foizi to‘lab beriladi.
Kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalarga ta’lim krediti beriladi.
Yoshlar muammolari bilan ishlashning yangicha tizimi – “Yoshlar daftari” ishga tushirilgan.
"Yoshlar daftari”ga kiritilganlarning nogiron oila a’zolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun BHMning 5 baravari (1 mln 650 ming so‘m) miqdorida yordam ko‘rsatiladi.
Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun BHMning 50 baravarigacha (16 mln 500 ming so‘m) miqdorda subsidiya ajratiladi.
Davlat oliy ta’lim muassasalariga kirishda eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun Prezident granti joriy qilingan.
Mahalladagi yoshlar yetakchilari tavsiyasi asosida yoshlarga 13 turdagi yordam beriladi.
Ayrim yoshlar OTMga o‘qishga qabul qilishda test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan to‘lovlardan ozod etiladi.
"Moziyga sayohat” dasturi doirasida “Yoshlar daftari”ga kiritilganlar davlat muzeylariga bepul kiritiladi.
Xorijdagi yosh vatandoshlarning vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda ishlashi uchun shart-sharoit yaratiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!