Navoiy viloyatining Tomdi tumanida Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi tomonidan 500 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi barpo etilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi аxborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu elektr stansiyasining dastlabki 100 MVt quvvati dekabr oyida ishga tushirilgan.
Shamol elektr stansiyasi qisqa fursatda:
➖ 31 mln 181 ming 715 kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqardi;
➖ buning natijasida 9,4 mln kubometr gaz tejalishiga erishildi;
➖ atmosferaga 13 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olindi.
Ma’lumot uchun, ushbu hajmdagi elektr energiyasi 155 ming 908 ta xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi.
Shuningdek, ushbu shamol elektr stansiyasining navbatdagi 200 MVt quvvati joriy yil yakuniga qadar va 2025-yilda to‘liq quvvatda ishga tushiriladi.
Loyiha doirasida “Goldwind” kompaniyasining (Xitoy) 4,7 MVt quvvatli turbinalari o‘rnatilmoqda. Ularning balandligi 97 metr, shamol parraklarining har biri esa 77 metrni tashkil qiladi. Bugungi kunga qadar 34 ta shamol turbinasi o‘rnatib bo‘lindi.
Ma’lumot uchun, ushbu yirik loyiha doirasida jami 111 ta shamol turbinasi o‘rnatiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!