$
12081.63 UZS
-20.76
150.44 UZS
-2.64
13837.09 UZS
-153.27
31° Kechasi 18°

Navroʻz bayramini nishonlashga tayyorgarlik boshlandi

10:16 / 08.03.2024

Prezidentning “2024 yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Bayram mamlakatda “Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz!” degan bosh gʻoya asosida umumxalq sayillari shaklida koʻtarinki ruh va yuqori darajada keng nishonlanadi.

Hujjat bilan Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tuzildi hamda uning tarkibi tasdiqlandi. Unga Navroʻz umumxalq bayramini munosib nishonlash boʻyicha tashkiliy-amaliy, madaniy-maʼnaviy hamda targʻibot tadbirlari dasturini tasdiqlash topshirildi.

Toshkent shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” majmuasida maxsus dastur asosida xalq sayillarini tashkil etishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Oʻtkaziladigan bayram tadbirlari Toshkent shahrida – respublika byudjeti va Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda – tegishli mahalliy byudjetlar hamda joylardagi homiylik xayriyalari hisobidan qoplanadi.

Navroʻz bayrami arafasida respublikaning barcha hududlarida, koʻcha, mahalla, tuman va shaharlarda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlariga qaratilgan umumxalq hasharlari oʻtkaziladi.

Bu yilgi Navroʻz bayrami muqaddas Ramazon oyida nishonlanishini inobatga olib, keksa avlod vakillarini, xususan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarini har tomonlama eʼzozlash, “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashayotgan shaxslar, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan hamda koʻmakka muhtoj insonlarning holidan xabar olinadi, ular uchun dasturxonlar tashkil etiladi hamda turli xayriya tadbirlari amalga oshiriladi.


Bu ham qiziq

Endilikda avtobuslar uchun ajratilgan yo‘laklar maxsus to‘siqlar bilan himoyalanadi

Endilikda avtobuslar uchun ajratilgan yo‘laklar maxsus to‘siqlar bilan himoyalanadi

Toshkent shahrida jamoat transporti harakatini yaxshilash maqsadida “A” yo‘laklari deliniatorlar bilan ajratilishi rejalasht…
16:30 / 13.03.2026
O‘zbekistonlik ayollar asosan necha yoshda ona bo‘lmoqda?

O‘zbekistonlik ayollar asosan necha yoshda ona bo‘lmoqda?

O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda 879 599 ta tirik tug‘ili…
10:42 / 16.03.2026
O‘zbekistonda AI-92 benzin narxi bir kunda 7,4 foizga oshdi

O‘zbekistonda AI-92 benzin narxi bir kunda 7,4 foizga oshdi

O‘zbekiston xomashyo bozorida AI-92 benzinining narxi bir kunda sezilarli darajada oshdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublika to…
15:22 / 14.03.2026
Eronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopishi Tramp uchun kutilmagan qaror bo‘ldi

Eronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopishi Tramp uchun kutilmagan qaror bo‘ldi

CNN xabariga ko‘ra, Pentagon va AQSh Milliy xavfsizlik kengashi Eronga qarshi amaliyotni rejalashtirish jarayonida Tehronnin…
09:03 / 14.03.2026
Toshkentda narkokuryerlarni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi

Toshkentda narkokuryerlarni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida narkokuryerlar faoliyatiga chek qo‘ygan profilaktika inspektori xizmatdagi jasorati u…
12:23 / 15.03.2026
Rossiya Eronga “Shahed” dronlarini yetkazib bermoqda – Zelenskiy

Rossiya Eronga “Shahed” dronlarini yetkazib bermoqda – Zelenskiy

Zelenskiy telekanal muxbiri Farid Zakariyaga bergan intervyusida Eron AQSh bazalariga hujum qilish uchun Rossiyada ishlab ch…
16:27 / 15.03.2026
Rossiyada qo‘lga olingan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Rossiyada qo‘lga olingan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

“Mamlakatimizning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limiga ushbu davlatda mehnat qilayotgan vatandoshimiz yordam so‘rab m…
12:10 / 16.03.2026
Qarz sabab Trampning JChga borishi taqiqlanishi mumkin

Qarz sabab Trampning JChga borishi taqiqlanishi mumkin

Butunjahon antidoping agentligi (WADA) AQSh Prezidenti Donald Tramp va boshqa AQSh rasmiylariga mamlakatning tashkilotga qar…
15:16 / 14.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-mart kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qay…
11:19 / 16.03.2026
Eron Ukrainaga hujum qilish bilan tahdid qildi

Eron Ukrainaga hujum qilish bilan tahdid qildi

Bu haqda Eron parlamenti Milliy xavfsizlik komissiyasi raisi Ibrohim Aziziy o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’l…
11:50 / 15.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!