$
11911.71 UZS
-29.94
₽
146.49 UZS
-1.16
€
13319.67 UZS
-63.34
31° Kechasi 18°

Nega diplom kelajakdagi muvaffaqiyatni kafolatlamaydi?

12:48 / 24.04.2023

A’lo baholar insonga afzallikdan ko‘ra, ko‘proq to‘siq bo‘lib qolishi mumkin. Buni nafaqat Stiv Jobs va Joan Roulingning (“Garri Potter” romani muallifi) shaxsiy hikoyalari, balki ko‘p yillik tadqiqotlar natijalari ham tasdiqlaydi.

Nima uchun akademik muvaffaqiyat hayotiy yutuqlarni kafolatlamaydi?

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, akademik muvaffaqiyat yorqin kelajak yoki martabani kafolatlamaydi. Bundan tashqari, o‘qishni tugatgandan keyingi birinchi yildayoq turli sohalarda baholar va muvaffaqiyatlar o‘rtasidagi munosabatlar juda oddiy ekani oydinlashadi va keyingi yillarda diplom ko‘rsatkichlari umuman ahamiyatsiz bo‘lib qoladi. Masalan, o‘qishni tugatgandan so‘ng 2-3 yil o‘tgach, “Google” kompaniyasida ishlovchi xodimlarning kollejda olgan a’lo darajadagi akademik ko‘rsatkichlari ularning ish muvaffaqiyatiga ta’sir qilishdan to‘xtatadi. Albatta, aniqlik kiritish kerakki, raqobatda yutqazganlar ishda qolishlari dargumon.

Afsuski, akademik ballar ijodkorlik, yetakchilik va jamoaviy ish, ijtimoiy, hissiy va siyosiy aql kabi fazilatlarni baholamaydi. Ha, a’lochi talabalarga imtihondan o‘tish kerak bo‘lganda ma’lumotni o‘zlashtirish va tahlil qilishda teng keladigani yo‘q. Ammo muvaffaqiyatli martaba uchun, aksincha, muammoning to‘g‘ri yechimini izlash kerak emas, balki hal qilinishi kerak bo‘lgan to‘g‘ri muammoni topish zarur.

O‘quv maskanidagina yuqori natijalarga erishganlar kamdan-kam hollarda nufuzli odamlarga aylanadi – ular tizimni o‘zgartirmaydi, balki uning bir qismiga aylanadi. Ya’ni, a’lo baho olaverish insonda o‘z bilimidan qoniqish hissini shakllantirib qo‘yishi va amaliyotdagi kichik muvaffaqiyatsizlik ham “sindirib” qo‘yishi ehtimoli yuqori.

Balki bu nima uchun Stiv Jobs o‘rta maktabni 2,65 ball bilan, J.K.Rouling universitetni 3 ball bilan tugatganini va Martin Lyuter King kollejda to‘rt yil davomida faqat bitta fandangina a’lo baho olganini tushunishga yordam berar.

Baholar haqida o‘ylashni to‘xtatish vaqti keldi

Agar sizning maqsadingiz diplomingizdagi mukammal ko‘rinish va nuqsonsiz bitiruv bo‘lsa, ehtimol siz oddiyroq kurslar va sinflarni tanlashga harakat qilasiz, ya’ni siz o‘zingizning komfort zonangizda qolaverasiz. Agar siz vaqti-vaqti bilan past bahoga ham chidashga tayyor bo‘lsangiz, qattiq mehnat qilishdan charchamaysiz. Bu sizga to‘siqlar va muvaffaqiyatsizliklarni qanday yengishni o‘rgatadi va sizni yanada kuchliroq qiladi.

Yuqori baholar uchun o‘qigan talabalar ijtimoiy hayotda ham ko‘p narsalarni qo‘ldan boy berishadi. Kutubxonada qancha ko‘p vaqt o‘tkazishingiz kerak bo‘lsa, haqiqiy do‘stlar orttirish, sevimli mashg‘ulotlar yoki ko‘ngillilar guruhlariga qo‘shilish uchun kamroq vaqtingiz qoladi. O‘qishdagi a’lo baho kasbiy faoliyatda aslida, hech kimni qiziqtirmaydi.

Shuning uchun, universitet rahbariyati talabalarga intellektual tavakkal qilish imkoniyatini taqdim etishi kerak. Minimal ball farqlariga ko‘p e’tibor berish yoki standart, foydasiz va ortiqcha yo‘qlamalar qilish to‘xtatilishi kerak. Talabalarni befoyda ideal sari intilishga undaydigan bu akademik “aqlsizlikka” barham berish vaqti keldi.

Ish beruvchilar esa xodimlarning a’lo baholarga to‘la diplomiga emas, balki ko‘nikmalarni ko‘proq qadrlashini bildirishi kerak. Ko‘pgina kompaniyalar allaqachon ushbu to‘g‘ri strategiyaga amal qilmoqda. 500 ta ish e’lonlari tahlili shuni ko‘rsatdiki, ishga yollovchilarning atigi 15 foizi dastlab ko‘rikdan o‘tkazilganda yuqori o‘rtacha ballga alohida e’tibor qaratgan. 40 foiz uchun nomzodlarning boshqa fazilatlari muhimroq bo‘lgan.

Vanihoyat, akademik muvaffaqiyatga erisha olmaslik insonni hayotda yanada katta yutuqlar tomon yetaklashi mumkin. Ehtimol, yangi maqsadga erishish uchun harakat qilish vaqti kelgandir.

E’tiboringizga “Yana o‘ylab ko‘ring. Jaholat haqida bilishning kuchi” kitobi muallifi psixolog Adam Grantning fikrini keltiramiz:

“10 yildan ko‘proq vaqt oldin, men Uorton biznes maktabida dars bergan vaqtimda, birinchi semestr oxirida bir talaba yonimga keldi, stulga o‘tirdi va yig‘lay boshladi. Men darhol birinchi kurs talabasini yig‘lashga majburlashi mumkin bo‘lgan barcha sabablarni saralay boshladim. Biroq u titroq ovozda past baho olganini ta’kidladi.

Yildan yilga o‘quvchilar yuqori baho olish haqida o‘ylanayotganini vahima bilan kuzataman. Ba’zilar sog‘lig‘ini ham qurbon qiladi, bu nufuzli kompaniyada ish taklifini ta’minlaydi, degan ishonch mavjud. Bir vaqtlar men ham xuddi shunday fikrlar edim. Bu hayotdagi eng katta xatolarimdan biri”.

Yakuniy xulosa shuki, ushbu maqola orqali yaxshi o‘qigan inson kelajakda muvaffaqiyatga erisha olmaydi, aksincha past baho olganlar doimo lider bo‘ladi, degan noto‘g‘ri xulosani shakllantirmoqchi emasmiz. Aksincha faqat a’lo bahoga to‘la diplom uchungina o‘qish muvaffaqiyatsizlikning boshlanishi ekanini ta’kidlamoqchimiz xolos. Insonning kasbiy faoliyati uchun muhim bo‘lgan bilimlar tuganmas va ularni o‘rganishdan hech qachon to‘xtamaslik kerak. Eng oliy maqsadga erishishda ta’limdagi qiyosiy baholar muhim ahamiyatga ega emas.


Lifestyle


														
														22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:57 / 22.10.2026

														
														21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:34 / 21.10.2026

														
														20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:26 / 20.10.2026

														
														Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘iston musulmonlari diniy idoralari 2027-yilgi Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishini prognoz qildi. Bu h…
15:31 / 19.10.2026

														
														19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:51 / 19.10.2026

														
														13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:35 / 13.10.2026

														
														4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:21 / 04.10.2026

														
														2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
08:50 / 02.10.2026

														
														30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
09:58 / 30.09.2026

														
														“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

Kechcha, 24-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Dars” badiiy filmining премьераси bo‘lib o‘tdi, bugundan…
13:40 / 25.09.2026

Bu ham qiziq

Germaniyadan 45 ming mutaxassisga buyurtma tuşdi, Özbekistondan 2 ming kişi işga joylaşdi

Germaniyadan 45 ming mutaxassisga buyurtma tuşdi, Özbekistondan 2 ming kişi işga joylaşdi

Germaniyadan 2026-yil davomida Özbekistonga 45 ming nafar mutaxassis böyiça buyurtma kelib tuşgan. Biroq hozirgaça atigi 2 m…
12:07 / 02.11.2026
Google Özbekistondagi islohotlarni Google Pay misolida yuqori baholadi

Google Özbekistondagi islohotlarni Google Pay misolida yuqori baholadi

Google’ning rivojlanayotgan bozorlar böyiça davlat siyosati vitse-prezidenti Doron Avni Özbekistonda şaxsiy ma’lumotlarni hi…
09:27 / 31.10.2026
Londondagi qadimiy tobutdan topilgan skelet kimga tegişli ekani aniqlandi

Londondagi qadimiy tobutdan topilgan skelet kimga tegişli ekani aniqlandi

Londondagi Vestminster abbatligidan topilgan, qariyb 150-yildan beri sir bölib kelgan skelet XI asr boşlarida yaşagan Vestmi…
10:20 / 03.11.2026
Özbekiston va AQŞ Sietlda sun’iy intellekt böyiça hamkorlik memorandumini imzoladi

Özbekiston va AQŞ Sietlda sun’iy intellekt böyiça hamkorlik memorandumini imzoladi

30-oktyabr kuni AQŞning Vaşington ştatidagi Sietl şahrida Özbekiston va AQŞ örtasida sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlik i…
12:30 / 02.11.2026
Surxondaryoda işga oliş uçun 4,5 mln söm pora olgan direktor 2 yilga qamaldi

Surxondaryoda işga oliş uçun 4,5 mln söm pora olgan direktor 2 yilga qamaldi

Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumanida matematika öqituvçisini işga qabul qiliş va unga dars soatlari ajratiş evaziga 4,5 m…
23:17 / 30.10.2026
Toşkentdagi köp qavatli uylar hovlisidan avtoturargohlar çiqariladi

Toşkentdagi köp qavatli uylar hovlisidan avtoturargohlar çiqariladi

Toşkent şahridagi köp qavatli uylarning içki hovlilaridan avtoturargohlar va avtomobil yölaklarini taşqariga çiqariş rejalaş…
11:28 / 02.11.2026
Xazonlarni yoqmang, tabiatni va özingizni zaharlamang!

Xazonlarni yoqmang, tabiatni va özingizni zaharlamang!

Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi dala maydonlarida anğiz, xazon, şox-şabba va boşqa ösimliklar qoldiqlariga öt qö…
10:08 / 02.11.2026
Özbekistonda ikkita yirik xalqaro rekruting kompaniyasi faoliyati yölga qöyiladi

Özbekistonda ikkita yirik xalqaro rekruting kompaniyasi faoliyati yölga qöyiladi

Özbekistonda kelasi yili ikkita yirik xalqaro rekruting kompaniyasining faoliyatini yölga qöyiş rejalaştirilmoqda. Ular muta…
12:42 / 02.11.2026
Fuqarolarni xorijga işga joylaştiriş tizimi xususiy sektorga ötkaziladi

Fuqarolarni xorijga işga joylaştiriş tizimi xususiy sektorga ötkaziladi

Özbekistonda fuqarolarni xorijga işga joylaştiriş tizimini eng işonçli xususiy bandlik agentliklariga töliq ötkaziş rejalaşt…
15:03 / 02.11.2026
Mirziyoyev: “Özbekiston uçun, özbeklar uçun birov kelib heç narsa qilib bermaydi”

Mirziyoyev: “Özbekiston uçun, özbeklar uçun birov kelib heç narsa qilib bermaydi”

Prezident Şavkat Mirziyoyev Italiyada işlaş uçun tayyorlanayotgan özbekistonlik hamşiralar bilan uçraşdi. Ular kelasi yil ya…
15:00 / 02.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!