$
12004.41 UZS
-20.92
153.59 UZS
-1.66
14129.19 UZS
-33.04
31° Kechasi 18°

Nega musiqa xotiralarni uyg‘otadi?

17:25 / 14.07.2022

Qo‘shiqlar kuchli his-tuyg‘ularni uyg‘otishi va bizni o‘tmishga olib borishi mumkin. Musiqa ming yillar davomida muhim mnemonik vosita bo‘lib kelgan. Devid C. Rubin avtobiografik xotira va og‘zaki an’analar bo‘yicha mutaxassis bo‘lib, o‘zining “Og‘zaki an’analardagi xotira” kitobida Gomerning “Iliada” va “Odisseya” kabi dostonlari she’riy vositalar yordamida og‘zaki tarzda qanday uzatilganligini tushuntiradi. Rivoyatlar yozib olinmasidan oldin ular qo‘shiq tarzida aytilgan yoki kuylangan. Og‘zaki an’ana esa xotiraga bog‘liqdir.

Gippokamp va frontal korteks miyaning xotira bilan bog‘liq ikkita katta maydoni bo‘lib, ular har daqiqada juda ko‘p ma’lumot oladi. Uni qayta tiklash har doim ham oson emas, ya’ni u shunchaki siz so‘raganingizda kelmaydi. Bunga musiqa yordam beradi, chunki u ritm va qofiyani, ba’zan alliterasiyani ta’minlaydi, bu ma’lumotni ishoralar bilan ochishga yordam beradi. Bu qo‘shiqning tuzilishi, uni eslab qolishimizga yordam beradi, shuningdek, so‘zlar qo‘zg‘atadigan ohang va tasvirlar ham bunga sabab bo‘ladi.

Texnika bugungi kunda ham muhim bo‘lib qolmoqda. Neyrologlar xotira bilan bog‘liq miya mexanizmlarini tahlil qilib, musiqaga o‘rnatilgan so‘zlarni eslab qolish eng oson ish ekanligini aniqladilar. Musiqa matni nutq yordamida emas, balki qo‘shiq sifatida eshitilganda yaxshiroq esda qoladi.

Hammasi aqliy qobiliyatga bog‘liq

Musiqa va xotira o‘rtasida bog‘liqlik bor, lekin nima uchun biz ma’lum bir qo‘shiqni eshitganimizda, faqat matnni aytib berishdan ko‘ra kuchli his-tuyg‘ularni sezamiz? Xotiraning har xil turlari mavjud, jumladan aniq va yashirin xotira. Aniq xotira bu o‘tmishni qasddan, ongli ravishda qayta tiklash. Bu ko‘pincha quyidagi savollarni tug‘diradi, masalan o‘shanda men qayerda edim? Men kim bilan sayohat qildim? Yashirin xotira ko‘proq reaktiv, tasodifiy xotira shaklidir.

“Xotiraning katta qismi ong ostida sodir bo‘ladi. Xotiraning yashirin, ya’ni ongdan tashqarida eslab qoladigan jihatlari bor. Bundan tashqari, yomon xotira tizimlari aniq xotira tizimlariga qaraganda miyaning turli qismlarini o‘z ichiga oladi. Bu alsgeymer kasalligi kabi sharoitlar tufayli buzilgan aniq xotira tizimlaridip. Yashirin tizimlar nisbatan mustahkam bo‘lib, bizga ongdan tashqarida ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan narsalar ko‘pincha kuchli hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, yashirin xotira hissiy va bardoshlidir”, – deydi bastakor va Chikago san’at institutining ovoz dasturi rahbari Robert Snayder.

Shunisi e’tiborga loyiqki, musiqa tomonidan qo‘zg‘atilgan xotiralar ko‘pincha hayotimizning muayyan vaqtlarida paydo bo‘ladi. Klassik xitlar bizni keyingi yillardagi qo‘shiqlardan ko‘ra ko‘proq o‘smirlik yillarimizga va yoshlik vaqtimizga qaytaradi. Psixologlar buni “esdalik zarbasi” deb atashgan. Bu, ayniqsa, shunday ishlashi mumkin, chunki bu bizning hayotimizdagi muhim va hayajonli vaqt, biz birinchi marta tushunarsiz his-tuyg‘ularni boshdan kechirayotganimiz va mustaqil bo‘lgan paytimizga to‘g‘ri keladi. Keyinchalik hayot biroz xiralashadi. Musiqa hissiyotlarni uyg‘otadi, lekin uning ovozi va hissi muhim bo‘lsa-da, sizning his-tuyg‘ularingizni aniqlab berishi shart emas. Qayg‘uli qo‘shiqni baxtli vaqt bilan, quvonchni esa qayg‘uli onlar bilan bog‘lash mumkin.

Hayotimiz haqida saundtreklar

Ko‘pincha pop musiqasi bizda ushbu yo‘nalish mashhur bo‘lgan davrlarni yodga soladi. Nega? Radioda, barlarda, klublarda va yotoqxonalarda har doim zamonaviy va ma’lum bir vaqtga tasodifan bog‘langan narsa bor. Pop musiqasi ham hozirgi zamon bilan hamnafas holda rivojlanmoqda. Masalan, 1960-1970 yillardagi mashhur musiqalarni tinglang va siz o‘sha vaqt qanday bo‘lganini tahminan bilib olasiz, garchi o‘sha davrda yashamagan bo‘lsangiz ham.

Kreten van Kampen, “Prust effekti: Yo‘qotilgan xotiralar eshigi” kitobi muallifi fransuz yozuvchisi Marsel Prustning “Yo‘qotilgan vaqtni izlash” asaridagi voqelik – shirin tortdan tishlash qahramonni yana o‘z hayotiga qaytargani va uning qanday harakat qilishini o‘rganadi. Tortning hidi, ranglari va hissiyotlari bolalik bilan bog‘liq. Kampen hayotining ko‘p yillik davrida miya faoliyatini o‘rgandi va bizning boshimizdan tashqarida sodir bo‘layotgan voqealar haqida muhim kuzatishni amalga oshirdi.

“Hid shaxsiy xotira ekanligi bilan farq qiladi, holbuki, bizning musiqa tajribamizda ijtimoiy o‘zgarishlar mavjud. Musiqa xotiralari ko‘pincha tengdoshlar bilan baham ko‘riladi. Biz uni birga tinglaymiz. Ziyofatda raqsga tushganda yoki do‘stimiz bilan suhbatlashganda eshitadiganimiz ham musiqa. Biz bir-birimiz bilan konsertlarga yoki turli tadbirlarga boramiz. Musiqa ko‘pincha boshqalar bilan o‘tkaziladigan hayotning bir qismi sifatida mavjud bo‘lgani uchun, bu uni ayniqsa mazmunli qilishga yordam beradi. Darhaqiqat, u ko‘pincha turli diniy marosimlar yoki to‘ylar kabi muhim voqealarda ijro etiladi yoki yoziladi, bu yerda biz muhim hayotiy voqealarga guvoh bo‘lamiz”, – deydi Kampen.

Miyasi shikastlangan odamlar ko‘pincha xotira bilan bog‘liq muammolarga duch kelishadi. Musiqa, ular unutgan hayotining o‘ziga xos daqiqalarini qaytarishga yordam beradi. Demans bilan og‘riganlar yoshligida eshitgan musiqalarini tinglash orqali yorqin xotiralarni qo‘zg‘atishi mumkin. Kampen, shuningdek, depressiya bilan og‘riganlar uchun musiqadan foydalanish zururligini ta’kidlaydi. Bu odamlarga hayotlarining ular o‘ylagandek yomon bo‘lmagan qiyin davrlarini eslab qolishlariga yordam beradi.

“Depressiyaga uchragan odamlar ko‘pincha hayotlarida qandaydir to‘siq borligini his qilishadi. Musiqa tinglash va turli tajribalar o‘tkazish ularga murakkabroq tajribalarni eslab qolishga yordam beradi. Bu har doim ham ijobiy yakun topmasligi mumkin. Musiqa davolay olmaydi, lekin u shifo berishi mumkin”, – deydi Kampen.

Inson kelajakdagi ishiga ishonch bilan yondashishi kerak. Bugun odamlarni unutish va xotira bilan bog‘liq muammolar tashvishlantirmoqda. Ammo haqiqiy musiqa yordamida inson doimiy ravishda o‘tmishi va shirin xotiralarini eslashi mumkin.


Ilm-fan


														
														Haydovchilarni uyqudan ogohlantiruvchi aqlli ko‘zoynak yaratildi

Haydovchilarni uyqudan ogohlantiruvchi aqlli ko‘zoynak yaratildi

“Haydovchilar uchun uyquga qarshi aqlli ko‘zoynak — AntiSleep Glasses” nomli EHM uchun yaratilgan dastur Adliya vazirligi to…
17:32 / 24.12.2025

														
														NASA tovushdan tez uchuvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi

NASA tovushdan tez uchuvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi

Samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan tik ko‘tarilganidan so‘ng, bir soat parvoz qilgan va NASA Air parvoz tadqiqot markazi yaq…
14:28 / 29.10.2025

														
														Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblari aniqlandi

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblari aniqlandi

Kimyo bo‘yicha 2025-yilgi Nobel mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi.
18:32 / 08.10.2025

														
														Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti topshirildi

Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti topshirildi

2025-yilgi Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Meri Brunkow, Fred Ramsdell va Shimon Sakaguchiga topshirildi.
17:53 / 06.10.2025

														
														Til sertifikatiga ega bo‘lmagan chet tili o‘qituvchilari yil yakuniga qadar ishlaydi

Til sertifikatiga ega bo‘lmagan chet tili o‘qituvchilari yil yakuniga qadar ishlaydi

Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridagi barcha tegishli bo‘limlarga ushbu topshiriqlar yetkazildi.
16:14 / 24.09.2025

														
														Endi super kontrakt miqdorini OTM rektorlari belgilaydi

Endi super kontrakt miqdorini OTM rektorlari belgilaydi

Maqsadli qabul asosida tavsiya etilgan abituriyentlar ushbu imtiyozda
10:53 / 23.09.2025

														
														Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etildi

Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etildi

2025-yil 8-sentyabr kuni Vazirlar Mahkamasining PQ‑279‑son qaroriga binoan, Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etildi.
16:41 / 19.09.2025

														
														O‘zbekistonga qaysi davlat talabalari eng ko‘p o‘qish uchun kelgan?

O‘zbekistonga qaysi davlat talabalari eng ko‘p o‘qish uchun kelgan?

Bu boradagi statistika bilan tanishamiz
17:54 / 10.09.2025

														
														Starlink Qozog‘istonda ishga tushdi

Starlink Qozog‘istonda ishga tushdi

Texnik ishlar va loyihani ishga tushirishgacha bir yildan ortiqroq vaqt ketgan
21:53 / 14.08.2025

														
														O‘zbekistonga o‘qish maqsadida qaysi davlat fuqarolari ko‘proq kelyapti?

O‘zbekistonga o‘qish maqsadida qaysi davlat fuqarolari ko‘proq kelyapti?

Top-10 talikdan 3 ta qo‘shni davlat fuqarolari bor
19:48 / 04.08.2025

Bu ham qiziq

“Men xizmatchiman. Men, birinchi navbatda, otamga xizmat qilaman”. Saida Mirziyoyeva katta intervyu berdi

“Men xizmatchiman. Men, birinchi navbatda, otamga xizmat qilaman”. Saida Mirziyoyeva katta intervyu berdi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva jurnalist va bloger Kirill Atlmanga katta intervyu berdi.
10:34 / 02.01.2026
Rossiyada migrantlarning harakatini nazorat qiluvchi tizim yaratiladi

Rossiyada migrantlarning harakatini nazorat qiluvchi tizim yaratiladi

Rossiyada 2027-yil oxirigacha xorijiy fuqarolarning mamlakat ichidagi harakatlanishini nazorat qiluvchi yangi axborot tizimi…
18:12 / 02.01.2026
O‘zbekiston ko‘proq qaysi davlatlardan mahsulot sotib olmoqda?

O‘zbekiston ko‘proq qaysi davlatlardan mahsulot sotib olmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonning importi hajmi 41,9 mlrd AQ…
15:41 / 03.01.2026
World Boxing  tashkiloti gender test tizimini joriy qildi

World Boxing tashkiloti gender test tizimini joriy qildi

2026-yilning 1-yanvaridan World Boxing tashkiloti tizimida o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etadigan erkak va ayol boks…
17:36 / 03.01.2026
Eron ichki muammolarni hal etishda tashqi aralashuvga yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qildi

Eron ichki muammolarni hal etishda tashqi aralashuvga yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qildi

Eron oliy rahbarining maslahatchisi Ali Shamxoniy mamlakat ichki ishlariga har qanday bahona ostida aralashishga uringan sha…
19:06 / 02.01.2026
Rossiya Xarkovdagi turar joy binosiga zarba berdi

Rossiya Xarkovdagi turar joy binosiga zarba berdi

Zarba ko‘p qavatli turar joy binosiga teggan va 30 kishi jarohatlangan.
08:31 / 03.01.2026
Amsterdamdagi AQSh konsulligida namoyishchilar Maduroni ozod qilishni talab qilishmoqda

Amsterdamdagi AQSh konsulligida namoyishchilar Maduroni ozod qilishni talab qilishmoqda

Yakshanba kuni bir necha yuz kishi AQShning Amsterdamdagi bosh konsulligiga AQShning Venesueladagi harakatlariga norozilik b…
19:52 / 04.01.2026
Iliya Topuriya kaltaklash va zo‘ravonlik bo‘yicha ayblanmoqda

Iliya Topuriya kaltaklash va zo‘ravonlik bo‘yicha ayblanmoqda

Yengil vaznda UFC chempioni 7-yanvar kuni ayollarga nisbatan zo‘ravonlik ishlari bo‘yicha sudga kelishi shart, u yerda Jorji…
17:04 / 03.01.2026
AQShning keyingi ehtimoliy nishonlari Eron, Kuba va Grenlandiya bo‘lishi mumkin – manba

AQShning keyingi ehtimoliy nishonlari Eron, Kuba va Grenlandiya bo‘lishi mumkin – manba

The Guardian gazetasining yozishicha, Venesueladagi voqealar AQSh siyosatining “Putinlashuvi”ga olib kelmoqda. Tramp endi xa…
14:54 / 04.01.2026
Venesuela Prezidenti va uning rafiqasi qo‘lga olindi

Venesuela Prezidenti va uning rafiqasi qo‘lga olindi

Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi qo‘lga olinib, mamlakatdan olib chiqib ketildi. Bu haqda AQSh Preziden…
15:51 / 03.01.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!