“Netflix” kompaniyasi yaqindagina namoyish etilgan “Kulrang odam” filmining davomi bo‘yicha ish boshlaganini e’lon qildi.
Filmga aka-uka Jo va Entoni Russolar rejissyorlik qilishadi. Undagi bosh rolni Rayan Gosling ijro etadi.
“Kulrang odam” filmining ilk qismi 22-iyul kuni katta ekranlarga chiqqan edi. Kartinaning davomi qachon taqdim qilinishi esa ochiqlanmagan.
Ma’lumot uchun, “Kulrang odam” filmining byudjeti 200 million dollarni tashkil qilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!