$
11937.60 UZS
-37.19
159.47 UZS
-0.17
13961.02 UZS
-47.09
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda bepul beriladigan dori vositalari ro‘yxati tasdiqlandi

18:11 / 03.05.2026

O‘zbekistonda 2027-yildan kuchga kiradigan Sog‘liqni saqlash vazirligi buyrug‘i bilan reimbursatsiya dasturi doirasida aholiga bepul beriladigan dori vositalari ro‘yxati tasdiqlandi.

 

Mazkur ro‘yxat Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi bilan kelishilgan bo‘lib, unga onkologik, ruhiy, yurak-qon tomir, endokrin va boshqa kasalliklar kiritilgan. Ushbu kasalliklarni davolash uchun jami 69 turdagi dori vositalari belgilangan. Ular orasida omeprazol, tramadol, ambroksol, kaliy yodid, geparin kabi preparatlar bor.

Reimbursatsiya — bu dori xarajatlarini qoplash tizimi bo‘lib, surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar uchun shifokor tomonidan buyurilgan dorilar qiymatini qisman yoki to‘liq qoplashni nazarda tutadi.

Dori olish tartibi qanday?
Dasturga ko‘ra, bemor oilaviy shifokor yozgan elektron retsept asosida Jamg‘arma bilan shartnoma tuzgan dorixonalardan dori vositalarini bepul oladi.

Retsept tasdiqlangach, uning ma’lumotlari tizim orqali dorixonalarga yuboriladi va bemorning telefoniga SMS-xabarnoma keladi. Dorixonaga murojaat qilganda, retsept raqami va SMS orqali yuborilgan maxsus kod taqdim etiladi. Shundan so‘ng, dasturda tasdiqlangan dori vositasi bemorga bepul beriladi.

 

Qayd etilishicha, ushbu tartib Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-oktyabrdagi 619-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.


O‘zbekiston


														
														Farg‘onada 100 ga yaqin xonadonni suv bosdi

Farg‘onada 100 ga yaqin xonadonni suv bosdi

Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida 90 dan ortiq xonadon tomorqalarini suv bosdi. Bu ha…
18:15 / 03.05.2026

														
														O‘zbekistonda bepul beriladigan dori vositalari ro‘yxati tasdiqlandi

O‘zbekistonda bepul beriladigan dori vositalari ro‘yxati tasdiqlandi

O‘zbekistonda 2027-yildan kuchga kiradigan Sog‘liqni saqlash vazirligi buyrug‘i bilan reimbursatsiya dasturi doirasida aholi…
18:11 / 03.05.2026

														
														Beshariq tumanidagi kuchli yomg‘ir oqibatlari tezkor bartaraf etilmoqda

Beshariq tumanidagi kuchli yomg‘ir oqibatlari tezkor bartaraf etilmoqda

Joriy yil 1-may kuni soat 21:41 da “112” tizimi orqali Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida…
15:42 / 03.05.2026

														
														Yolg‘on xabar tarqatgan shaxsga 7 sutka qamoq jazosi berildi

Yolg‘on xabar tarqatgan shaxsga 7 sutka qamoq jazosi berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “PPX xodimi 14 yoshli qizni o‘g‘irladi” mazmunidagi yolg‘on xabarni tarqatgan shaxsga nisbatan sud hukm…
02:51 / 03.05.2026

														
														Toshkent metrosida ayol ehtiyotsizlik oqibatida relsga tushib ketdi

Toshkent metrosida ayol ehtiyotsizlik oqibatida relsga tushib ketdi

Gʻafur Gʻulom metro bekatida sodir bo‘lgan hodisada ayol kishi ehtiyotsizlik sabab relsga tushib ketgan.
01:20 / 03.05.2026

														
														Turizm obyektlarida xizmat ko‘rsatish yaxshilanadi

Turizm obyektlarida xizmat ko‘rsatish yaxshilanadi

Turizm obyektlarida xizmat ko‘rsatish sifati oshiriladi hamda sayyohlarga qulayliklar yaratiladi
17:37 / 02.05.2026

														
														Yashnobodda ichimlik suvidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Yashnobodda ichimlik suvidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Toshkent shahridagi Yashnobod tumani hududida ichimlik suvidan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi.
15:09 / 02.05.2026

														
														Samarqandda media haftalik

Samarqandda media haftalik

Samarqand shahrida o‘tkazilgan media haftalik muhim natijalar bilan yakunlandi.
15:06 / 02.05.2026

														
														Boysunda sel oqibatida neft aralash suyuqlik sizib chiqdi

Boysunda sel oqibatida neft aralash suyuqlik sizib chiqdi

Boysun tumani hududida kuchli sel kelishi oqibatida yana neft aralash suyuqlik sizib chiqish holati qayd etildi.
15:04 / 02.05.2026

														
														Toshkentda profilaktika inspektori pul olayotganda qo‘lga olindi

Toshkentda profilaktika inspektori pul olayotganda qo‘lga olindi

Toshkent shahrida Uchtepa tumani IIO FMB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi katta inspektori 10 ming AQSh dollarini olg…
12:03 / 02.05.2026

Bu ham qiziq

AQSh Germaniyadagi qo‘shinlari sonini 5000 nafarga qisqartiradi

AQSh Germaniyadagi qo‘shinlari sonini 5000 nafarga qisqartiradi

Qo‘shma Shtatlar Eron bilan urushda yordam berishdan bosh tortgani uchun Germaniyadan ba’zi qo‘shinlarini olib chiqadi, deb …
16:48 / 02.05.2026
EU–Tabassum: media yanada ochiq va yaqin bo‘ldi

EU–Tabassum: media yanada ochiq va yaqin bo‘ldi

Toshkentda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “EU–Tabassum” loyihasining ikki yillik yakunlari sarhisob qilindi.
08:37 / 02.05.2026
Samarqandda media haftalik

Samarqandda media haftalik

Samarqand shahrida o‘tkazilgan media haftalik muhim natijalar bilan yakunlandi.
15:06 / 02.05.2026
AQSH Mudofaa vazirligi sun’iy intellekt texnologiyalarini maxfiy tarmoqlarga joriy etish bo‘yicha yirik kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirdi

AQSH Mudofaa vazirligi sun’iy intellekt texnologiyalarini maxfiy tarmoqlarga joriy etish bo‘yicha yirik kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirdi

AQSH Mudofaa vazirligi (Pentagon) sun’iy intellekt sohasidagi yettita yirik kompaniya bilan ularning ilg‘or texnologiyalarin…
12:43 / 03.05.2026
Sirdaryoda mudhish qotillik

Sirdaryoda mudhish qotillik

Sirdaryoda ayol va uning 5 yoshli qizi erining ikkinchi xotini tomonidan pichoqlab o‘ldirildi.
17:03 / 01.05.2026
Germaniya AQSh qo‘shinlarining olib chiqilishi haqidagi qarorga munosabat bildirdi

Germaniya AQSh qo‘shinlarining olib chiqilishi haqidagi qarorga munosabat bildirdi

Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius AQSh Prezidenti Donald Trampning Germaniyadan qariyb 5 ming nafar amerikalik harbi…
12:50 / 03.05.2026
Maktablarda sun’iy intellekt xonalari tashkil etiladi

Maktablarda sun’iy intellekt xonalari tashkil etiladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha maktablarda sun’iy intellekt va startap xonalari tashkil etish rejalashtirilmoqda.
11:19 / 02.05.2026
BAA o‘z fuqarolariga uchta davlatga borishni man qildi

BAA o‘z fuqarolariga uchta davlatga borishni man qildi

Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, BAA fuqarolarining Eron, Livan va Iroqqa sayohat qilishiga taqiq e’lon q…
15:01 / 01.05.2026
2-may kuni uchun ob-havo ma’lumoti

2-may kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
14:37 / 01.05.2026
Boku shahrida BMTning WUF13 global forumi bo‘lib o‘tadi

Boku shahrida BMTning WUF13 global forumi bo‘lib o‘tadi

2026-yil 17–22-may kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon shaharlar forumi (WUF…
13:44 / 01.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!