Isroil armiyasi Suriya shimolidagi Aleppo viloyatiga raketa hujumi uyushtirdi, deya xabar beradi Bashar al-Assad rejimiga yaqin ijtimoiy tarmoqlar.
Qayd etilishicha, Isroil kuchlari Xayyandagi harbiy obyektlarga hujum qilgan. Ma’lumki, Haiyan hududida Asad rejimi armiyasini qo‘llab-quvvatlovchi “Hizbulloh” harakati a’zolari mavjud.
Isroil va Suriya rasmiylari bu borada hozircha izoh bermagan. Suriyaning SANA axborot agentligiga ko‘ra, 2024-yilning 29-may kuni Isroil kuchlari Tartus viloyatining Banyas tumanidagi binoga hujum qilib, 1 nafar bolani o‘ldirgan, 10 nafar tinch aholini yaralagan.
Suriyadagi qurolli mojaro 2011-yildan beri davom etmoqda. Isroil havo kuchlari vaqti-vaqti bilan Eronparast guruhlar va Asad armiyasi pozitsiyalariga zarbalar beradi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!