$
12855.93 UZS
11.93
128.16 UZS
-0.14
13570.72 UZS
20.3
12° Kechasi

Oliy sud: Yil boshidan beri 30 mingga yaqin shaxslar sudlandi

15:03 / 20.07.2024

2024-yilning dastlabki 6 oyida sudlangan shaxslar soni 29 382 nafarni tashkil etib, shundan 10 287 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi xabar berdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarmida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 37 179 nafar shaxsga nisbatan 29 086 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Shulardan 465 nafar shaxs oqlanib, reabilitatsiya qilingan.
Sudlangan shaxslar soni 29 382 nafarni tashkil etib, shundan 10 287 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish va 18 579 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlangan.

Sudlangan shaxslarning 26 028 nafari erkak, 3 354 nafari ayol, 11 145 nafari yoshlar (shu jumladan 1 068 nafari voyaga yetmagan) va 1 105 nafari 60 yoshdan oshgan shaxslar.

Shuningdek, 3 432 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlanishi munosabati bilan sud zalida qamoqdan ozod qilingan, 16 624 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan, 5 620 nafariga tayinlangan jazosi yengili bilan almashtirilgan va 6 976 nafar shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlangan.

71 nafar shaxsga (yoshlar, ayollar va boshqalar) kafolat xatlari asosida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.

Hisobot davrida ko‘rilgan jinoyat ishlarning aksariyatini firibgarlik, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, o‘g‘rilik, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish, qasddan badanga yengil shikast yetkazish, bezorilik, qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish hamda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar bilan bog‘liq jinoyatlar tashkil etadi.

Yarashuv institutining samarali qo‘llanilishi natijasida 6 337 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan.
Apellyatsiya tartibida 6 395 nafar shaxsga nisbatan 4 798 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. 307 nafar shaxsga nisbatan birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 1 311 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirilgan.

Kassatsiya tartibida 1 636 nafar shaxsga nisbatan 1 493 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. 106 nafar shaxsga nisbatan birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 369 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirilgan.

Taftish tartibida 2 560 nafar shaxsga nisbatan 2 188 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. 45 nafar shaxsga nisbatan quyi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 337 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirilgan.

Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibida 590 nafar shaxsga nisbatan 504 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. 49 nafar shaxsga nisbatan quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 121 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirilgan.


O‘zbekiston


														
														Ob-havo yomonlashgani sababli Farg‘ona xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilishga cheklovlar o‘rnatildi

Ob-havo yomonlashgani sababli Farg‘ona xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilishga cheklovlar o‘rnatildi

Cheklovlar vaqtida barcha reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltiriladi.
17:31 / 21.11.2024

														
														Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tayinlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tayinlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 21-noyabrdagi tegishli qarorlari bilan O‘zbekiston R…
17:23 / 21.11.2024

														
														Gaz xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvchi mobil ilova ishga tushirildi

Gaz xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvchi mobil ilova ishga tushirildi

“Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan aholi isteʼmolchilarining tabiiy gaz sarfi va xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvch…
14:24 / 21.11.2024

														
														Toshkentda nogironligi bor fuqarolar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi

Toshkentda nogironligi bor fuqarolar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi

Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
12:43 / 21.11.2024

														
														Metroning 4 ta bekatida hojatxonalar qurilishi boshlandi

Metroning 4 ta bekatida hojatxonalar qurilishi boshlandi

Qurilish boshlangan bekatlar quyidagilardir: “Buyuk ipak yo‘li”, “Amir Temur xiyoboni”, “Paxtakor” va “Beruniy”.
12:04 / 21.11.2024

														
														Raqobat qo‘mitasi BFQ reklamasi bilan shug‘ullanayotganlarni ogohlantirdi

Raqobat qo‘mitasi BFQ reklamasi bilan shug‘ullanayotganlarni ogohlantirdi

Shu sabab qo‘mita ushbu mahsulotlar savdosi bilan shug‘ullanayotganlarni ogohlantirdi.
10:58 / 21.11.2024

														
														21-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

21-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 6-8, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.
22:47 / 20.11.2024

														
														Turkmanistonda “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

Turkmanistonda “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston milliy stendi xalqaro standartlarga javob beradigan innovatsion ishlanmalar va yuqori sifatli mahsulotlarni taqd…
20:52 / 20.11.2024

														
														Toshkent xalqaro aeroporti rekonstruksiya qilinadi

Toshkent xalqaro aeroporti rekonstruksiya qilinadi

Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.
18:18 / 20.11.2024

Bu ham qiziq

Abdulla Aripov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga tasdiqlandi

Abdulla Aripov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga tasdiqlandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Bosh vazir lavozimiga ko‘rsatilgan Abdulla Aripov nomzodini ko‘rib chiqdilar.
13:43 / 20.11.2024
Raqobat qo‘mitasi BFQ reklamasi bilan shug‘ullanayotganlarni ogohlantirdi

Raqobat qo‘mitasi BFQ reklamasi bilan shug‘ullanayotganlarni ogohlantirdi

Shu sabab qo‘mita ushbu mahsulotlar savdosi bilan shug‘ullanayotganlarni ogohlantirdi.
10:58 / 21.11.2024
Turkmanistonda “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

Turkmanistonda “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston milliy stendi xalqaro standartlarga javob beradigan innovatsion ishlanmalar va yuqori sifatli mahsulotlarni taqd…
20:52 / 20.11.2024
Chilonzorda Zeekr va Onix to‘qnashib ketdi

Chilonzorda Zeekr va Onix to‘qnashib ketdi

Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati ma’lum qildi.
10:24 / 20.11.2024
Yangi Zelandiya “Hizbulloh”ni terrorchi tashkilot sifatida tan oldi

Yangi Zelandiya “Hizbulloh”ni terrorchi tashkilot sifatida tan oldi

Yangi Zelandiya Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Qurolli va siyosiy guruh “Hizbulloh”ni terroristik tashkilot deb belg…
09:31 / 21.11.2024
“Zapravka”lar haqida ma’lumot beruvchi yangi ilova ishga tushdi

“Zapravka”lar haqida ma’lumot beruvchi yangi ilova ishga tushdi

Ilova “Avto24” deb nomlanadi.
16:58 / 20.11.2024
Toshkent xalqaro aeroporti rekonstruksiya qilinadi

Toshkent xalqaro aeroporti rekonstruksiya qilinadi

Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.
18:18 / 20.11.2024
Metroning 4 ta bekatida hojatxonalar qurilishi boshlandi

Metroning 4 ta bekatida hojatxonalar qurilishi boshlandi

Qurilish boshlangan bekatlar quyidagilardir: “Buyuk ipak yo‘li”, “Amir Temur xiyoboni”, “Paxtakor” va “Beruniy”.
12:04 / 21.11.2024
Kelgusi 5 yilda aholi soni 40 milliondan ortishi kutilmoqda

Kelgusi 5 yilda aholi soni 40 milliondan ortishi kutilmoqda

Yig‘ilishda kambag‘allikni qisqartirish, ekologiya, energetika, transport, yo‘l, ichimlik suvi ta’minoti, aholini uy-joy bil…
11:07 / 20.11.2024
Toshkent viloyatida salkam 7 kg.lik chaqaloq tug‘ildi

Toshkent viloyatida salkam 7 kg.lik chaqaloq tug‘ildi

Qayd etilishicha, bunday holat Toshkent viloyatida birinchi bor kuzatilgan.
09:39 / 20.11.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!