$
12002.10 UZS
14.21
₽
146.02 UZS
0.61
€
13166.30 UZS
51.55
31° Kechasi 18°

Olmaliqdagi koloniyadan mahkumning o‘ligi chiqdi

10:03 / 18.02.2025

Joriy yilning 15-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish departamentining Olmaliqdagi 14-sonli koloniyasidan 21 yoshli mahkum M.P.ning jasadi chiqqan. Bu haqda Inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanov o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qilmoqda.

Unga ko‘ra, Farg‘ona shahar Temurmalik ko‘chasida yashovchi marhumning onasi Nigora Qambarova o‘g‘li bilan shu yilning 26-28-yanvar kunlari uzoq muddatli uchrashuvlarda bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, marhum sportchi bo‘lgan va unda hech qanday kasallik bo‘lmagan.

Shuningdek, 21 yoshli fuqaro sportning ushu yo‘nalishida xalqaro turnirlar g‘olibi bo‘lib kelgan. U bolaligidan mazkur sport turi bilan shug‘ullangan. Biror marta sog‘lig‘idan shikoyat qilmagan, unda biror yondosh kasalliklar kuzatilmagan. Marhumning onasi Tashanov bilan suhbatda bezorilikda ayblanib, 3 yilga qamalgan yolg‘iz o‘g‘lining shu yilning avgustida manzil-koloniyaga chiqqani va kelin qidirganini aytgan.

Ammo koloniya ma’muriyatining ta’kidicha, 14-fevral kuni Muhammadqodirda miokrad infarki va pankreatitning og‘ir formasi kuzatilishi oqibatida vafot etgan. Ammo marhumning onasi farzandining badanida qiynoq izlari mavjudligi, elektroshoker iziga o‘xshash chiziqlar borligini iddao qilgan.

“Bizda shubha tug‘dirgan hozircha yagona jihat koloniya ma’muriyatining mahkumning og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgani haqida uning yaqinlariga xabar bermaganligidir. Qo‘limizda ekspertiza hujjatlari bo‘lmagani bois mahkumning qiynoqdan o‘lim topganiga dalolat qila olmaymiz. Ammo koloniya ma’muriyatining jasadni yorib, so‘ng yaqinlariga topshirgunicha bo‘lgan jarayonda ularga xabar bermaganligi mudhish xatodir. Chunki onaning ko‘nglida ulkan gumon qoldi, 20 kun avval soppa-sog‘ ko‘rgan norg‘ul bolasining o‘ligini dabdurustdan qo‘liga tutqazishsa, onaning ahvolini tasavvur qilavering”, – deb yozadi Tashanov.

Bundan tashqari, “Qo‘limdagi videolarni tarmoqqa joylashning iloji yo‘q, tarmoqdan foydalanish qoidalarini buzish bo‘ladi. Ammo ularni Ombudsman vakili va jurnalistlarga berdim, chora ko‘rilar degan umidda emasman. Chunki koloniyadan o‘lik chiqishi oddiy holga aylanib qoldi” – deydi u.


O‘zbekiston


														
														“Imarat”ni reklama qilgan bloger “suvdan quruq çiqadimi”?

“Imarat”ni reklama qilgan bloger “suvdan quruq çiqadimi”?

“Xabardor.uz” tomonidan “Imarat Development” nomi bilan tanilgan quriliş loyihalarini reklama qilgan blogerlar va taniqli şa…
19:25 / 26.11.2026

														
														Qaryib 25 mlrd sömlik noqonuniy kriptoaktivlar savdosi bilan şuğullangan şaxs qölga olindi

Qaryib 25 mlrd sömlik noqonuniy kriptoaktivlar savdosi bilan şuğullangan şaxs qölga olindi

Qaşqadaryo viloyati Qarşi tumanida umumiy qiymati 24 mlrd 812,8 mln sömlik noqonuniy kriptovalyuta savdosi bilan şuğullangan…
16:21 / 26.11.2026

														
														Buxoro markaziy dehqon bozori faoliyati vaqtinça töxtatildi

Buxoro markaziy dehqon bozori faoliyati vaqtinça töxtatildi

Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
16:14 / 26.11.2026

														
														ÖzLiDePning 1 500 nafar delegati Kongressda yangi dastur va Ustavni muhokama qiladi

ÖzLiDePning 1 500 nafar delegati Kongressda yangi dastur va Ustavni muhokama qiladi

Özbekiston Liberal-demokratik partiyasining (ÖzLiDeP) navbatdagi Kongressi 4-dekabr kuni bölib ötadi. Unda partiyaning yangi…
15:43 / 26.11.2026

														
														Voyaga yetmagan qiziga nisbatan jinsiy zöravonlikda gumonlangan ota ustidan jinoyat işi oçildi

Voyaga yetmagan qiziga nisbatan jinsiy zöravonlikda gumonlangan ota ustidan jinoyat işi oçildi

Özbekistonda voyaga yetmagan farzandiga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etganlikda gumon qilinayotgan erkakka nisbatan jino…
15:03 / 26.11.2026

														
														Prezident maktubi — yoş avlod uçun mehr va ma’rifat saboği

Prezident maktubi — yoş avlod uçun mehr va ma’rifat saboği

Özbekiston Respublikasi Prezidentining nabirasi Şavkatbekka yöllagan samimiy maktubi yoş avlodni ilm-ma’rifatga intiliş, mun…
14:35 / 26.11.2026

														
														Bözsuv kanali böyida yangi eko-tematik boğ taşkil etiladi

Bözsuv kanali böyida yangi eko-tematik boğ taşkil etiladi

Toşkent şahrining Uçtepa tumanida joylaşgan Bözsuv kanali böylarida yangi eko-tematik boğ barpo etiş loyihasi amalga oşirilm…
12:39 / 26.11.2026

														
														Farğonada 1,1 mlrd sömlik elektr ömarildi

Farğonada 1,1 mlrd sömlik elektr ömarildi

Uşbu qoidabuzarlik natijasida, elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 197 million sömlik zarar yetkazilganligi ma’lum qilin…
12:10 / 26.11.2026

														
														Surxondaryoda afğonistonlik narkosavdogar uşlandi

Surxondaryoda afğonistonlik narkosavdogar uşlandi

Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov hara…
10:32 / 26.11.2026

														
														Turkiyada falaj bölib qolgan özbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Turkiyada falaj bölib qolgan özbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Turkiyada mehnat faoliyati davomida boş miyasiga qon quyilişi oqibatida tanasining çap qismi falajlangan özbekistonlik ayol …
09:36 / 26.11.2026

Bu ham qiziq

AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

1996-yilda olmos sotuvçisini öldirganlikda ayblanib, ölim jazosiga hukm qilingan Reynaldo Dennesning qatl etilişi bir soatda…
14:46 / 20.11.2026
Farğonada 1,1 mlrd sömlik elektr ömarildi

Farğonada 1,1 mlrd sömlik elektr ömarildi

Uşbu qoidabuzarlik natijasida, elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 197 million sömlik zarar yetkazilganligi ma’lum qilin…
12:10 / 26.11.2026
Qaryib 25 mlrd sömlik noqonuniy kriptoaktivlar savdosi bilan şuğullangan şaxs qölga olindi

Qaryib 25 mlrd sömlik noqonuniy kriptoaktivlar savdosi bilan şuğullangan şaxs qölga olindi

Qaşqadaryo viloyati Qarşi tumanida umumiy qiymati 24 mlrd 812,8 mln sömlik noqonuniy kriptovalyuta savdosi bilan şuğullangan…
16:21 / 26.11.2026
Tramp ma’muriyati 14 ta savdo hamkoriga yangi bojlar joriy etadi

Tramp ma’muriyati 14 ta savdo hamkoriga yangi bojlar joriy etadi

AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Xitoy, Yevropa Ittifoqi va Hindiston kabi 14 ta yirik savdo hamkoriga nisbatan yangi…
10:04 / 26.11.2026
O‘zbekiston Birinchi xonimi Iordaniyadagi “Uyqudagi yetti yosh g‘ori” tarixiy majmuasiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi Iordaniyadagi “Uyqudagi yetti yosh g‘ori” tarixiy majmuasiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Iordaniyaga davlat tashrifi doirasida mamlakatimiz Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyev…
09:06 / 25.11.2026
Mahalladagi muammo — katta siyosat markazida: ÖzLiDeP Kongressiga qanday takliflar tayyorlanmoqda?

Mahalladagi muammo — katta siyosat markazida: ÖzLiDeP Kongressiga qanday takliflar tayyorlanmoqda?

Biror uy mustahkam bölişi uçun avvalo uning poydevori baquvvat qurilişi kerak. Siyosiy jarayonlarda ham xuddi şunday: quyi b…
15:00 / 23.11.2026
Özbekiston Prezidenti şarafiga rasmiy qabul marosimi ötkazildi

Özbekiston Prezidenti şarafiga rasmiy qabul marosimi ötkazildi

Ammоn şahridagi “Al-Husayniya” saroyida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev şarafiga Iordaniya Podşohi Abdu…
09:49 / 24.11.2026
Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metropolitenida yölovçilar oqimi oşgani sababli vagon parkini kengaytiriş rejalaştirilmoqda. 2026-yil sentabr–oktabr…
11:50 / 20.11.2026
Futbol. Bugun Özbekiston Italiya bilan öynaydi

Futbol. Bugun Özbekiston Italiya bilan öynaydi

Qatarda ötkazilayotgan 17 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi jahon çempionatida bugun Özbekiston terma jamoasi guruh bosq…
16:08 / 26.11.2026
Özbekiston Prezidentini rasmiy kutib oliş marosimi bölib ötdi

Özbekiston Prezidentini rasmiy kutib oliş marosimi bölib ötdi

Ammon şahridagi “Al-Husayniya” saroyida davlat taşrifi bilan Iordaniya Hoşimiylar Podşohligida bölib turgan Özbekiston Respu…
16:08 / 24.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!