Qaşqadaryo viloyati Qarşi tumanida umumiy qiymati 24 mlrd 812,8 mln sömlik noqonuniy kriptovalyuta savdosi bilan şuğullangan şaxs qölga olindi. Bu haqda IIV Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, holat tezkor tadbir çoğida fuqaroning telefoni xolislar iştirokida közdan keçirilganda aniqlangan. Telefonga örnatilgan Binance ilovasi orqali kriptoaktivlar sotib olingani, ötkazilgani va ayirboşlangani ma’lum bölgan.
Uşbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!