“Axios” ma’lumotiga ko‘ra, OpenAI reklama biznesini faol rivojlantirib, 2030 yilga kelib yiliga 100 milliard dollargacha daromadga chiqishni rejalashtirmoqda.
Ichki prognozlar:
2026: 2,5 mlrd $
2027: 11 mlrd $
2028: 25 mlrd $
2029: 53 mlrd $
2030: 100 mlrd $
Manbalarga ko‘ra, dastlabki reklama testi qisqa muddatda ham sezilarli natija bergan 2 oy ichida yillik hisobda taxminan 100 mln $ daromad qayd etilgan.
Kompaniya hisobicha, ChatGPT foydalanuvchilari haftasiga 2,75 mlrd kishigacha yetishi mumkin. Bu esa Google, Meta va TikTok kabi gigantlar bilan raqobatni kuchaytiradi.
Reklama tizimi chat javoblarining neytralligiga ta’sir qilishi mumkinligini aytmoqda. OpenAI esa reklamalar asosiy javoblardan alohida ko‘rsatilishini bildirgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!