Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'anga BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida so‘zlagan nutqida Ozarbayjonning ishini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.
Aliyev Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida turk hamkasbiga minnatdorlik izhor etgan post joyladi.
"Aziz birodar. Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasidagi nutqingiz davomida Ozarbayjonni qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur. Har doimgidek, qardosh Turkiya bugungi kunda ham Ozarbayjonga yaqin.
Ozarbayjon va Turkiya har doim yaqin – quvonchli kunlarda ham, qayg‘uli daqiqalarda ham.
Biz har doim xalqaro tashkilotlarda bir-birimizning adolatli pozitsiyamizni himoya qilamiz.
Shusha deklaratsiyasi bilan munosabatlarimiz strategik ittifoqchilik darajasiga ko‘tarildi.
Siz ham, men ham Ozarbayjon xalqining umummilliy rahbari Haydar Aliyevning: "bir millat, ikki davlat" degan so'zlarini doimo yodda tutib, birodarligimizning ramzi bo‘lib, Ozarbayjon va Turkiyaning buzilmas birligini yangi cho‘qqilarga ko‘taramiz”, – degan Prezident Ilhom Aliyev.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!