“O‘zbekiston elchixonasi va Migratsiya agentligi vakolatxonasi ko‘magida Boku shahrida mushkul vaziyatga tushib qolgan hamyurtimiz Sh.M. vatanga qaytarildi”, – deb xabar qilmoqda “Dunyo” axborot agentligi. Mazkur insonparvarlik ko‘magi O‘zbekistonda 30-iyuldan 30-avgustga qadar e’lon qilingan “Vatanga qaytarish” aksiyasi doirasida amalga oshirilgan.
O‘zbekiston rasmiy vakillari Sh.M.ning vatanga qaytishi uchun aviachipta xarid qilib berishgan. Sh.M. 26-avgust kuni Boku-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha samolyot orqali O‘zbekistonga kuzatib qo‘yilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!