AQSh energetika kompaniyalari Ukrainada olib borilayotgan harakatlarga qaramay, Oq uyni Rossiya bilan uran importini davom ettirishga chaqirdi. Chunki, Amerikada yoqilg‘i narxining arzonligi elektr energiya narxini normal ushlab turish uchun kalit vazifasini o‘tashi mumkin.
AQSh energetika vazirligi va Butunjahon yadro assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Amerika kompaniyalari uranning deyarli 50 foizini Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘istondan oladi. Demak, endilikda O‘zbekiston asosiy uran eksportchisiga aylanishi mumkin.
Iqtisodchi bloger Otabek Bakirovning ta’kidlashicha, agar Gʻarb Rossiya va Qozog‘iston uranini sotib olishni cheklasa, O‘zbekiston asosiy uran yetkazib beruvchiga aylanadi.
Qayd etilishicha, Qozog‘iston dunyoning eng yirik uran ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. O‘zbekiston TOP-5 uran ishlab chiqaruvchilar qatorida va ishlab chiqarilgan uran to‘laligicha eksport qilinadi. Shuningdek, TOP-10 talikda yana Rossiya va Ukraina ham joylashgan.
Rossiya xom neftini sotish bo‘yicha sanksiya talablarini kuchaytirganiga qaramay, NEI (Yadro energiyasi instituti) qabulxonasi kelgusida uran bilan bog‘liq har qanday sanksiyalarni chetlab o‘tmoqchi.
“AQSh yadro sanoati, shunchaki, ruslarning arzon uraniga bog‘liq”, deydi ismini oshkor etishdan bosh tortgan manbalardan biri vaziyatni inobatga olgan holda.
“Rossiya yirik global tijorat yadro yoqilg‘isi yetkazib beruvchisi bo‘lsa-da, Amerika energetika kompaniyalari dunyoning bir qator mamlakatlar tarmog‘i bilan ularning yoqilg‘i ehtiyojlarini potensial uzilishlar xavfini kamaytirish uchun shartnoma tuzadi”, deydi NEIning yoqilg‘i va radiatsiya xavfsizligi bo‘yicha katta direktori.
Ma’lumot o‘rnida, Jo Bayden AQSh Ukrainadagi harbiy harakatlarda qatnashmasligi, ammo NATOdagi ittifoqchilarini himoya qilishini aytgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!