25-avgust kuni Milliy Olimpiya qoʻmitasida Oʻzbekiston boks federatsiyasining navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasi tashkil etildi.
Unda boks boʻyicha yoshlar va milliy terma jamoalarning ham soʻnggi 5 yilda erishgan yutuqlari boʻyicha maʼlumotlar berildi. Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi soʻnggi yillarda quyidagicha natija qayd etgan:
2018-yil – 32 ta oltin, 23 ta kumush, 25 ta bronza,
2019-yil – 26 ta oltin, 21 ta kumush, 48 ta bronza,
2020-yil – 4 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza,
2021-yil – 29 ta oltin, 17 ta kumush, 27 ta bronza,
2022-yil (birinchi yarim yillik) – 45 ta oltin, 21 ta kumush, 25 ta bronza.
Kun tartibidan oʻrin olgan navbatdagi masala – Oʻzbekiston boks federatsiyasi rahbariyati tarkibini saylash boʻldi. Bunda Konferensiyaga taklif etilgan 50 nafar delegat saylov jarayonida faol ishtirok etishdi.
Oʻzbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga Polatov Saken Djetibayevich nomzodi ilgari surildi va delegatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi. Shunday qilib Polatov ushbu lavozimga navbatdagi muddatga saylandi.
Oʻzbekiston boks federatsiyasi raisining oʻrinbosari lavozimiga Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Mavlonov Akmalxoʻja Yusupovich nomzodi ilgari surildi. Delegatlar tomonidan ushbu nomzod ham bir ovozdan maʼqullandi.
Navbatdagi saylov jarayoni federatsiya Bosh kotibi lavozimi uchun oʻtkazilib, bu lavozimga Tillaboyev Shohid Gapparjonovich nomzodi tavsiya etildi.
Saylov natijalariga koʻra Sh.Tillaboyev bir ovozdan Oʻzbekiston boks federatsiyasi Bosh kotibi lavozimiga saylandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!