Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi tomonidan 1-31 yanvar kunlari Qo‘yliq va Chorsu dehqon bozorlarida asosiy iste’mol tovarlarining ulgurji narxlari bo‘yicha kuzatuv natijalari e’lon qilinib borildi. Vazirlik asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot berdi.
Arzonlagan mahsulotlar
Ushbu davr mobaynida bozorda ananas narxi 7500 so‘mga, apelsin 5500 so‘mga, limon 5000 so‘mga, anor 4500 so‘mga, bodring 3500 so‘mga, banan 2500 so‘mga, uzum 1500 so‘mga, mandarin va loviya 1000 so‘mga, mosh va guruch (alanga) 500 so‘mga, piyoz 250 so‘mga, sabzi 150 so‘mga va kartoshka 100 so‘mga arzonlagan.
Qimmatlagan mahsulotlar
Bozorlarda bulg‘ori qalampiri (yashil) narxi 7000 so‘mga, bulg‘ori qalampiri (qizil) 5000 so‘mga, sarimsoq piyoz 2500 so‘mga, pomidor 1000 so‘mga, no‘xat 500 so‘mga hamda bodring 250 so‘mga oshgan.
Bozorlarga eng ko‘p keltirilgan mahsulotlar
Tezkor ma’lumotlarga asosan, Qo‘yliq bozoriga 1–31 yanvar kunlari hududlardan jami 18,8 ming tonna mahsulotlar, xususan, 11,5 ming tonna kartoshka, 4,8 ming tonna piyoz, 1015 tonna karam va 15 ming tonna sabzi keltirilgan.
Shundan, Toshkent viloyatidan 409 tonna kartoshka, 1879 tonna piyoz, 1015 tonna karam, 603 tonna sabzi, Samarqand viloyatidan 28 tonna kartoshka, 1965 tonna piyoz, Jizzax viloyatidan 1005 tonna piyoz, Qashqadaryo viloyatidan 346 tonna, Surxondaryo viloyatidan 314 tonna va Sirdaryo viloyatidan 207 tonna sabzi mahsulotlari yetkazib berilgan.
Shuningdek, Qo‘yliq bozoriga Qozog‘istondan 2406 tonna, Qirg‘izistondan 502 tonna, Afg‘onistondan 2481 tonna, Pokistondan 3645 tonna va Erondan 2040 tonna kartoshka keltirilgan.
Shu bilan birga, hududlardan Chorsu dehqon bozoriga 1-31 yanvar kunlari jami 297,2 tonna, shu jumladan, 264,6 tonna mol go‘shti va 32,6 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!