20-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi delegatsiyaning AQShga tashrifi doirasida AQShning yirik ishbilarmon doiralari vakillari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akram Aliyev ishtirok etdi.
Tadbir Cove Capital MCHJ, City, Bridge Capital Group, Creative Associates, Fl Smit, do TERRA, Creative Associates, Fl Smit, dōTERRA, CalCity Industrial Park MCHJ, Crown Iron Works, Edward Ostin, Nobel-Systems, North Coast Communications, Komatsu, JP Morgan kabi 40 dan ortiq kompaniyalarning rahbarlarini birlashtirdi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Amerika savdo palatasi rahbariyati, oq uy ma’muriyati va AQSh savdo vazirligi ekspertlari ham ishtirok etdi.
Ishbilarmon doiralar vakillari AQSh bilan O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zoligi to‘g‘risidagi muzokaralarning muvaffaqiyatli yakunlanishini mamnuniyat bilan olqishladilar va bu jarayon mamlakatning xalqaro iqtisodiy aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladilar.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!