2024-yilning 11 oyida O‘zbekistonda har xil turdagi yengil avtomobillar ishlab chiqarish 382,3 mingdan oshdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 1,6 foizga ko‘p.
Bir yil ichida respublikaning avtomobil korxonalari Chevrolet Cobalt ishlab chiqarishni 104,5 mingdan 149,7 minggacha oshirdi. Damas ishlab chiqarish 79,8 mingdan 92 minggacha o‘sdi.
Gentra ishlab chiqarish yiliga 74,1 mingdan 12,8 mingga kamaydi, shuningdek, Cherry avtomobillari ishlab chiqarish 9,7 mingdan 6,3 mingga kamaydi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda joriy yilning 11 oyida 243,1 mingta avtomobil dvigatellari ishlab chiqarildi, bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 2,4 foizga ko‘pdir.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!