O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bilan Qirg‘iziston davlat san’at va madaniyat instituti o‘rtasida memorandum imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston madaniyat vazirligi ma’lum qildi.
Memorandum MDH davlatlari Ilmiy va ijodiy ziyolilarining o‘n oltinchi forumi doirasida imzolandi.
“Maqsadimiz ulug‘ – madaniyati bir ildizga borib taqaladigan barcha turkiy davlatlar madaniyat va san’at yo‘nalishidagi tajribalarini o‘rganishdir”, – dedi Qirg‘iziston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Tumenbay Koldoshov.
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Eldor Shermanov memorandumning maqsadi ta’lim sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyatlari yuzasidan ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarini tartibga solishdan iborat ekanini ta’kidladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!