Prezident Shavkat Mirziyoyev 2024-yil 24-dekabrdagi “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-224 -son qarorini imzoladi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tarkibida Navoiy, Olmaliq, Bekobod va Temir yo‘l sanoat xavfsizligi inspeksiyalari tashkil etildi.
2025-yil 1-iyuldan boshlab yuridik shaxslarga nisbatan quyidagi huquqbuzarliklar uchun jarimalar joriy etiladi:
xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi talablari;
radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq qoidalar va boshqa talablar;
park attraksionlarini ekspluatatsiya qilishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlar talablari.
O‘zbekiston quyidagi xalqaro shartnomalarga qo‘shilishni rejalashtirmoqda:
Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi (Vena, 1963 yil 21 may);
Yadroviy yoki radiologik favqulodda vaziyatlarda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi konvensiya (Vena, 1986 yil 26 sentyabr);
Yadroviy avariya haqida erta xabardor qilish to‘g‘risidagi konvensiya (Vena, 1986 yil 26 sentyabr);
Yadro xavfsizligi to‘g‘risidagi konvensiya (Vena, 1994 yil 17 iyun).
Bundan tashqari, 2025-yilda quyidagi qonunlar ishlab chiqilishi kutilmoqda:
“Kimyoviy xavfsizlik to‘g‘risida”;
“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”;
“Radioaktiv chiqindilarni boshqarish to‘g‘risida”.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!