Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi qator xalqaro moliyaviy tashkilotlari bilan hamkorlikda 2022–2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida kambag‘allikni qisqartirish strategiyasi loyihasini ishlab chiqdi.
Qaror loyihasi aholining kambag‘al qatlamiga ijtimoiy yordam va xizmatlar ko‘rsatish orqali kambag‘allik darajasini keskin qisqartirish, ijtimoiy himoya tizimini yana-da takomillashtirish, kambag‘allikni qisqartirishda ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish, aholining kambag‘al va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga ijtimoiy yordam va xizmatlar ko‘rsatish jarayonining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash kabi maqsadlarda ishlab chiqilgan.
Qaror loyihasida 2022-2026-yillarda quyidagi ustuvorliklarni amalga oshirish orqali kambag‘allikni qisqartirishga kompleks yondashuvni joriy etish nazarda tutilgan:
– makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash orqali aholi turmush farovonligini oshirish;
– ijtimoiy himoya tizimini yana-da takomillashtirish;
– inson kapitalidan samarali foydalanish;
– kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish;
– hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish;
muhandislik-infratuzilma obyektlarini yaxshilash;
– aholini muqobil energiyadan foydalanish imkoniyatlarini yana-da oshirish;
– atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik barqarorlikka erishish.
Shu bilan birga, qaror bilan O‘zbekiston Respublikasida kambag‘allikni qisqartirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi tasdiqlanadi.
Qayd etilishicha, mazkur qaror loyihasi 50 ta vazirlik va idoralar hamda mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan.
2022–2026-yillarga mo‘ljallangan mazkur strategiyani amalga oshirish natijasida (2020-yilga nisbatan):
– YaIM o‘sish surʼatini 1,5 barobarga oshirishga;
– Aholi jon boshiga YaIMni 1,4 barobarga oshirishga;
– Kambag‘allik chegarasini amaldagi 440 ming so‘mdan 683,2 ming so‘mgacha ko‘tarishga (1,6 barobar);
– Ishsizlik darajasini esa 2 barobarga kamaytirishga erishilishi nazarda tutilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!