$
11963.16 UZS
49.81
₽
142.33 UZS
-0.06
€
13390.36 UZS
61.7
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda 25 dan ortiq faoliyat turi bo‘yicha monopoliyalar tugatiladi

11:32 / 29.01.2022

O‘zbekistonda 25 dan ortiq faoliyat turi bo‘yicha monopoliyalar tugatiladi. Bu haqida Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlangan.

Dastur doirasida, 2022-yilda inflyasiyani 9 foizgacha va 2023-yilda 5 foiz va fiskal taqchillikni 3 foizgacha pasaytirish choralari ko‘riladi. Shuningdek, 2026-yil yakunigacha bank aktivlarida xususiy sektor ulushi 60 foizgacha chiqariladi.
Shu bilan birga, 2023-yildan qo‘shilgan qiymat solig‘i 12 foizgacha va bank, moliya va telekommunikatsiya kabi tadbirkorlik uchun foyda solig‘i 15 foizgacha tushiriladi.

Bundan tashqari, 2026-yilgacha energiya samaradorligi 20 foizga oshiriladi va havoga chiqariladigan zararli gazlar 10 foizga qisqartiriladi.
Sharoiti “og‘ir” bo‘lgan hududlarda 2025-yil 1-yanvargacha yangi tadbirkorlar uchun aylanmadan olinadigan soliq 1 foiz, yer solig‘i, mol-mulk solig‘i hisoblangan summadan 1 foiz stavkada to‘lash tizimi joriy etiladi.

Ma’lum qilinishicha, 2025-yil 1-iyuldan tadbirkorlikka oid barcha majburiy talablar yagona elektron reyestri ishga tushiriladi. 2022-yil 1-aprelgacha esa litsenziya va boshqa ruxsat etuvchi hujjatlarni olish soddalashtiriladi. Jumladan, muayyan faoliyat bilan ko‘chma tartibda, avtotransport orqali shug‘ullanish imkoniyati yaratiladi.

Ta’kidlanishicha, 25 dan ortiq faoliyat turi bo‘yicha monopoliyalar (suyultirilgan gaz yetkazish, neft mahsulotlarini saqlash va boshqalar) tugatilishi ko‘zda tutilgan.


Bu ham qiziq

Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida ikki kema cho‘kdi, bir dengizchi halok bo‘ldi

Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida ikki kema cho‘kdi, bir dengizchi halok bo‘ldi

Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida snaryadlar bilan hujumga uchragan ikkita kema cho‘kib ketdi. Hodisalardan birida ekipaj a’zolaridan…
10:12 / 15.10.2026
Toshkentning Sergeli tumanida 1,7 gektarlik sun’iy ko‘l qurilmoqda

Toshkentning Sergeli tumanida 1,7 gektarlik sun’iy ko‘l qurilmoqda

Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi Qumariq mahallasida 1,7 gektar maydonda favvorali sun’iy ko‘l qurilishi boshlandi. Lo…
16:39 / 15.10.2026
O‘zligini anglagan jamiyatgina o‘z kelajagini qura oladi

O‘zligini anglagan jamiyatgina o‘z kelajagini qura oladi

Bugun dunyo juda tez o‘zgaryapti. Texnologiyalar, iqtisodiyot, shaharlar, odamlarning yashash tarzi yangilanmoqda.
08:55 / 14.10.2026
MrBeastning O‘zbekistonga tashrifi reja asosida yakunlandi

MrBeastning O‘zbekistonga tashrifi reja asosida yakunlandi

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi amerikalik bloger Jimmy Donaldson, ya’ni MrBeastning O‘zbekisto…
11:58 / 14.10.2026
O‘zbekistonda 2027-yilda 3,7 mln gektar yaylov qayta tiklanadi

O‘zbekistonda 2027-yilda 3,7 mln gektar yaylov qayta tiklanadi

O‘zbekistonda 2027-yilda 3 million 700 ming gektar yaylovni qayta tiklash va hosildorligini oshirish rejalashtirilmoqda. Bu …
10:08 / 14.10.2026
Markaziy bank kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash konsepsiyasini ishlab chiqdi

Markaziy bank kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash konsepsiyasini ishlab chiqdi

O‘zbekiston Markaziy banki 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan kichik va o‘rta biznesni (KO‘B) qo‘llab-quvvatlash konsepsiyasin…
11:31 / 14.10.2026
Данияда ўқитувчиларга ўқувчиларни мажбуран синфдан чиқаришга рухсат берилади

Данияда ўқитувчиларга ўқувчиларни мажбуран синфдан чиқаришга рухсат берилади

Данияда 2027 йил августидан бошлаб ўқитувчилар дарсни бузаётган ўқувчиларни зарурат туғилганда жисмоний куч ишлатиб синфдан …
10:14 / 14.10.2026
Germaniyada Rossiya fuqarolari orasida pasport oluvchilar soni keskin oshdi

Germaniyada Rossiya fuqarolari orasida pasport oluvchilar soni keskin oshdi

Germaniyada Rossiya fuqarolari orasida mamlakat fuqaroligini oluvchilar soni keskin ko‘paydi. 2024-yilda 12 980 nafar, 2025-…
09:56 / 15.10.2026
Rossiyada ayrim migrantlar rus tili imtihonlaridan ozod qilinishi mumkin

Rossiyada ayrim migrantlar rus tili imtihonlaridan ozod qilinishi mumkin

Rossiya Ichki ishlar vazirligi mamlakatning ilg‘or rivojlanish hududlarida ishlaydigan xorijiy fuqarolarni rus tili, Rossiya…
09:50 / 14.10.2026
Rossiyada yaponiyalik jurnalist josuslikda ayblanib ushlandi

Rossiyada yaponiyalik jurnalist josuslikda ayblanib ushlandi

Rossiyada Yaponiyaning Hokkaido Shimbun gazetasi muxbiri Imayi Yuki josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi. Rossiya Federal xav…
09:37 / 14.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!