Toshkentda BAA Hukumati Akseleratori tomonidan Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan akselerator dasturi ishga tushirildi.
2024-yil 2-iyul kuni Toshkent shahrida “O‘zbekistonda ijtimoiy himoya sohasining transformatsiya yo‘li” akselerator dasturi ishga tushirildi.
Ushbu dastur BAA Hukumati Akseleratori tomonidan Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Ijtimoiy himoya Milliy agentligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Akseleratorlar - bu kogorta uchun boshlangan qisqa muddatli ta’lim dasturlari. Akseleratorning maqsadi - mentorlar, ishtirokchilar va akseleratsiya dasturlari rahbarlari bilan intensiv hamkorlik qilish orqali qisqa vaqt ichida katta hajmdagi ma’lumotlarni yetkazishdir.
Tadbir BAA va O‘zbekiston hukumatlari tomonidan hamkorlikda qilinadigan ishlar “yo‘l xaritasi” doirasida tashkil etildi.
Uch kun davom etadigan seminarni o‘tkazishdan maqsad, davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, eng yaxshi tajribalarni baham ko‘rish va O‘zbekistonda ijtimoiy himoyani rivojlantirish bo‘yicha transformatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishdan iborat.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Xakimov akseleratsiya dasturi ishtirokchilariga tabrik so‘zi bilan murojaat qildi.
U kogort ishtirokchilariga Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi platformasidagi ushbu Akselerator O‘zbekiston uchun Taraqqiyot strategiyasini yaratishda "epimarkaz"ga aylanganini eslatdi — bu 2022-2026 shuningdek, 2024-2030-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasidir.
“Bugun biz ushbu Akseleratorni rivojlantirishning yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqdamiz va bu O‘zbekistonda ijtimoiy sohani rivojlantirishga turtki bo‘ladi. Biz uzoq vaqtdan beri barcha ijtimoiy xizmatlarni bir joyda birlashtirish ustida ishlayapmiz va Ijtimoiy himoya milliy agentligi shunday tashkil etilgan. Bugun esa hamkasblarimiz bilan birgalikda ushbu seminarda ijtimoiy xizmatlar va umuman O‘zbekiston fuqarolari hayotini qanday yaxshilashimiz mumkinligini muhokama qilamiz va aniqlash ustida ishlaymiz”, — dedi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori.
Markaz direktori barcha ishtirokchilarga “muvaffaqiyat, mehnatsevarlik va bilim, innovatsiya va yangi yondashuvlardan” maksimal darajada foydalanish imkoniyatini tiladi.
So‘ngra BAA Hukumati Akselerator direktori doktor Radia Al Xashimi ishtirokchilarga murojaat qildi. U o‘z nutqida BAAdagi standart iqtisodiy loyihalarni o‘zgartirish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
"Bugun men keyingi qadamni qanday qo‘yish haqida gaplashmoqchiman. BAAda biz transformatsiya loyihalariga yangi yo‘nalishni boshladik, ya’ni standart iqtisodiy loyihalarni qanday qilib ko‘proq narsaga aylantirish mumkin. Bugun ushbu tajribamizni sizlar bilan almashmoqchimiz — BAAdagi innovatsiyalar markazimiz bu bilan shug‘ullanadi. Olingan bilim va tajribadan kundalik faoliyatingizda qanday foydalanishni ko‘rish qiziq bo‘ladi" - BAA Hukumati Akselerator direktori Radia Al Xashimi.
Milliy ijtimoiy himoya agentligi direktori o‘rinbosari Sirojiddin Abdullayev guruh ishtirokchilariga murojaat qilar ekan, BAA va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik hukumatlararo sheriklik aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasida innovatsiyalarni qanday rag‘batlantirish mumkinligini ko‘rsatayotganini ta’kidladi.
Akselerator guruhlari uch kunlik dastur doirasida aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishini baholash va monitoring qilish kabi sohalardagi muammolarni hal etish masalalarini muhokama qiladi, bu esa mazkur sohada o‘zgarishlar jarayonini boshlash uchun turtki bo‘ladi.
Dasturlarning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi va hukumat idoralari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash; kam ta’minlangan oilalar va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarni samarali aniqlash va manzillilikni ta’minlash orqali ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash; ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishda autsorsing va davlat xususiy sherikchilik ulushini oshirish.
Seminar davomida amaliy muhokamalar, fikr almashish va loyihalar ishlab chiqish sessiyalari tashkil etildi. Ishtirokchilar aholi turmush sifatini yaxshilash uchun ijtimoiy sohada transformatsion tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha ilg‘or tajriba va yondashuvlarni muhokama qildi.
Akseleratsiya dasturi yakunlari bo‘yicha aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasida innovatsiyalar va barqaror rivojlanishni kengaytirish bo‘yicha ish rejasi ishlab chiqiladi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!