Bugun, 4-yanvar kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda aytilishicha, Respublika ixtisoslashtirilgan markazlarining 1140 nafar mutaxassislarini safarbar qilish orqali hududlarda jigar, qon-tomir, qorin, ko‘krak qafasi, transplantologiya, mikroxirurgiya, rekonstruktiv va plastik jarrohlik amaliyotlari keng joriy etiladi.
Buyrak transplantasiyasi amaliyoti joriy yilda 300 tadan 500 taga, jigar transplantatsiyasi 20 tadan 50 taga oshiriladi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda davom etayotgan ushbu tadbirda vazirlik markaziy apparati xodimlari, respublika davolash-profilaktika muassasalari, hududiy boshqarmalar va tibbiyot birlashmalari hamda sohaga taalluqli oliy o‘quv yurtlari mas’ullari ishtirok etmoqda.
Qayd etilishicha, hay’at yig‘ilishini Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov olib bormoqda.
Hududlarda joriy yilda kamida 15 ming nafar bemorlarga yuqori texnologiyali amaliyotlarni qo‘llash bilan yordam berish rejalashtirilgan.
“Bunda, yurak tug‘ma nuqsonli bemorlarga 2500 ta okklyuder implantasiyasi, 1700 ta laparoskopiya, 1600 ta endovaskulyar hamda shuntlash, stentlash, angiografiya va koronarografiya kabi amaliyotlar o‘tkaziladi”, – deydi vazir.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!