Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani hududida joylashgan xonadonda yuz bergan portlash oqibatida bir oiladan 4 kishi hayotdan ko‘z yumdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1996-yilda tug‘ilgan erkak va uning uch nafar farzandi yuzaga kelgan yong‘in sabab halok bo‘lgan. Oila a’zolaridan yana ikki kishi — ayol va buvi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.
Voqea guvohlari portlash kuchli ovoz bilan sodir bo‘lganini, mahalla aholisi vahimada uydan chiqib ketganini aytmoqda.
Qo‘shnilar so‘zlariga ko‘ra, erkak yaqinlarini qutqarishga uringan, hatto ayoli va onasini derazadan chiqarib yuborishga ulgurgan, biroq farzandlarini qutqarish paytida o‘zi ham halok bo‘lgan.
Hozircha portlash sababi rasman ma’lum qilinmagan. Hodisa joyida tegishli xizmatlar tomonidan tergov va o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!