“Ish haftasi davomida O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi”, – deya xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Shimoliy hududlarda faqat 3–4-mart kunlari yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Havo harorati kechalari +3…+8 daraja, respublika shimolida –3…+2 daraja, kunduz kunlari +10…+15 daraja atrofida bo‘ladi. Hafta o‘rtasida esa harorat qisqa muddatga +7…+10 darajagacha pasayadi. Shamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi.
2–6-mart kunlari O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin, respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
Poytaxt Toshkentda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi.
Haftaning dushanba va seshanba kunlari kunduzi harorat +11…+13 daraja bo‘ladi. Keyinchalik harorat asosan kechalari +4…+7 daraja bo‘ladi, kunduz kunlari +8…+10 darajagacha pasayadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!