Energetika vazirligi O‘zbekistonda 1-martdan gaz narxi oshirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Vazirlik ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni inkor etib, to‘lovlar eski tarifda amalga oshirilishini, biroq 1-martdan boshlab qish mavsumida belgilangan ijtimoiy me’yor o‘zgarganini bildirdi.
O‘zbekistonda isitish mavsumida tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha bazaviy me’yor 100 metr kubdan 500 kub metrga oshirilgandi. Noyabr-fevral oylarida har bir oy uchun 500 kub metrgacha, mart-oktyabr oylarida esa har oy uchun 100 kub metrgacha “bazaviy me’yor” belgilangandi. Bu tartib Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida oktyabr-fevral oylarida amal qiladi.

Shu sababli 2026-yil 1-martdan 31-oktyabrga qadar har oy uchun 100 kub metrgacha “bazaviy me’yor” amal qiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!