$
11918.98 UZS
57.02
₽
148.04 UZS
0.91
€
13283.70 UZS
5.42
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi qancha?

22:10 / 07.03.2022

O‘zbekistonda 2022 yilning 1 yanvar holatida ishsizlik darajasi 9,6 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,9 foizga kamaygan bo‘lsa, yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 0,2 foizga ortdi.

Qayd etilishicha, 2021 yilning dekabr oyida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari tomonidan respublikaning 108 ta shahar va tumanlarida navbatdagi ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi. Tadqiqot davomida 500 ta o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, 5,0 mingta uy xo‘jaliklari hamda 26,5 ming nafar fuqarolar qamrab olingan.  

2022 yilning 1 yanvar holatida mehnat resurslari soni 19 mln. 345 ming kishini tashkil etib, 2020 yilning shu davriga nisbatan 101,1 foizga yoki 202,6 ming kishiga oshgan. Iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlar soni esa 13 mln 538,9 ming kishini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,3 foizga (299,3 ming kishiga) oshgan.

Ma’lum qilinishicha, rasmiy sektorda band aholi soni 6 mln. 196,3 ming kishini tashkil qilib, 2020  yilning shu davriga nisbatan yuridik shaxslarda band bo‘lganlar soni 6,3 foizga yoki 314,8 ming kishiga oshgani kuzatildi.

Norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni esa 5 mln. 885,5 ming kishini tashkil etib, 2021 yilning 1 oktyabr holatiga nisbatan 1,0 foiz yoki 58,4 ming kishiga kamaygan.  O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1 mln. 441,8 ming kishini, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 9,6 foizni tashkil etdi. 16-30 yoshgacha bo‘lganlar orasida ishsizlik darajasi – 15,1 foiz, ayollar orasida ishsizlik darajasi 13,3 foizga yetgan.

2022 yilning 1 yanvar holatida respublikamizda iqtisodiy nofaol aholi 4 mln. 364,2 ming kishini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,5 foizga yoki 19,8 ming kishiga ortishi kuzatildi.

2021 yilning yanvar-dekabr oylarida tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga 879,5 ming nafar fuqaro ish topishga yordam so‘rab murojaat qilgan.

Murojaat qilgan fuqarolarning 393,8 ming nafari ish bilan ta’minlandi, (2021 yilda 281,3 ming ishsiz aholini ishga joylashtirish belgilangan bo‘lib), yillik dastur 140,0 foizga bajarilgan (shuningdek 2020 yilning mos davriga nisbatan 108,5 foizga oshdi).

Ishga joylashishga ko‘maklashilgan shaxslarning 203,6 ming nafari (51,7 %) ayollar, 160,8 ming nafari (40,8 %) yoshlarni tashkil etadi. 

Murojaat qilgan fuqarolarning 234,2 ming band bo‘lmagan aholi haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi va ularning ish haqi uchun 240,2 mlrd.so‘m mablag‘ to‘lab berildi. Jumladan: 190,6 ming nafar ishsizlar tuman (shahar) aholi punktlari, mahallalar va boshqa hududlarni obodonlashtirish ishlariga, 14,3 ming qishloq xo‘jaligi ishlariga, 10,8 ming byudjet korxonalariga (mahallalarda jamoatchi yordamchi va yoshlar ittifoqiga yordamchi ishchi sifatida) va 18,5 ming boshqa yo‘nalishlarda tashkil etilgan jamoat ishlariga jalb etildi.

Bundan tashqari, 98,8 ming nafar ishsizlarga 87,1 mlrd.so‘m ishsizlik nafaqasi tayinlandi va to‘lab berildi. 2021 yil davomida 37,3 ming ishsizlar hamda “ayollar daftari”, “yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsizlarga 83,1 mlrd.so‘m subsidiya mablag‘lari ajratildi.


Bu ham qiziq

Kino orqali milliy özlikni dunyoga tanitiş muhim

Kino orqali milliy özlikni dunyoga tanitiş muhim

Prezident milliy kino san’ati orqali Özbekiston tarixi, madaniyati va milliy qahramonlarini xalqaro miqyosda keng tarğib eti…
17:37 / 26.10.2026
Til sertifikati sabab dissertatsiya himoya qila olmagan magistrantlarga ruxsat berildi

Til sertifikati sabab dissertatsiya himoya qila olmagan magistrantlarga ruxsat berildi

Özbekistonda 2022/2023-öquv yilining qişki qabulida istisno tariqasida magistraturaga qabul qilingan, biroq xorijiy til sert…
11:13 / 28.10.2026
Özbekistonda tibbiyot tizimiga sun’iy intellekt joriy etiladi

Özbekistonda tibbiyot tizimiga sun’iy intellekt joriy etiladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev tibbiyotni raqamlaştiriş işlari xususiy klinikalar va dorixonalarni ham qamrab olayotganini ma’l…
11:39 / 27.10.2026
Toşkentda 100 ta jamoat hojatxonasi quriladi: manzillar röyxati

Toşkentda 100 ta jamoat hojatxonasi quriladi: manzillar röyxati

Toşkent şahrining 12 ta tumanida davlat-xususiy şeriklik asosida jami 100 ta sanitariya-gigiyena şoxobçasi taşkil etilişi re…
10:33 / 27.10.2026
Tibbiyot xodimlari uçun Ibn Sino nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilişi taklif qilindi

Tibbiyot xodimlari uçun Ibn Sino nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilişi taklif qilindi

Prezident Şavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi özgarişlarda 800 mingdan ziyod xodim munosib hissa qöşayotg…
11:47 / 27.10.2026
Antaliyada tornado oqibatida beş nafar işçi halok böldi

Antaliyada tornado oqibatida beş nafar işçi halok böldi

Turkiyaning Antaliya viloyati Kepez tumanida 2026-yil 26-oktyabr kuni soat 23:00 atrofida yuz bergan tornado oqibatida beş n…
09:36 / 27.10.2026
Tailand Özbekiston fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz rejimni taklif qildi

Tailand Özbekiston fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz rejimni taklif qildi

Tailand rasmiylari Özbekiston, Kolumbiya va Meksika fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz kiriş tartibini joriy etişni taklif qi…
11:03 / 28.10.2026
Özbekistonda Apple Pay xizmati işga tuşirildi

Özbekistonda Apple Pay xizmati işga tuşirildi

27-oktyabr kuni Özbekistonda Apple Pay xalqaro tölov xizmati işga tuşirildi. Endilikda iPhone foydalanuvçilari mamlakatdagi …
13:28 / 27.10.2026
Özbekistonda bugun yoğingarçilik kutilmaydi

Özbekistonda bugun yoğingarçilik kutilmaydi

Bugun, Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.
16:41 / 26.10.2026
Toşkentda litsenziyasiz kripto-faoliyat bilan şuğullangan talaba aniqlandi

Toşkentda litsenziyasiz kripto-faoliyat bilan şuğullangan talaba aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Toşkent şahar IIBB bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida litse…
11:09 / 28.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!