Prezident milliy kino san’ati orqali Özbekiston tarixi, madaniyati va milliy qahramonlarini xalqaro miqyosda keng tarğib etiş muhimligini ta’kidladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadovning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qilindi.
Qayd etilişiça, kino xalqlarning bir-birini tanişi va tuşunişiga xizmat qiladi. Öz tarixi, madaniyati va milliy qahramonlarini jahon ekranlarida munosib namoyon eta olgan mamlakatning xalqaro maydondagi ovozi va ta’siri kengayadi.
Bugungi kunda kino nafaqat köngiloçar san’at turi, balki mamlakatning xalqaro nufuzi va ta’sirini oşiruvçi «yumşoq kuç» vositasi sifatida ham ahamiyat kasb etmoqda. Şu bilan birga, yoş avlodning ongi va dunyoqaraşini himoya qiliş masalasi ham kötarilgan. Bu borada kino san’ati va kinoijodkorlarning örni alohida ta’kidlangan.
Prezident ilgari surgan «Öz» ğoyasining kino san’atidagi mazmuni «Özligimizni anglab, öz hikoyamizni öz ovozimiz bilan dunyoga aytiş» tamoyili orqali ifodalangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!