Özbekistonda 2022/2023-öquv yilining qişki qabulida istisno tariqasida magistraturaga qabul qilingan, biroq xorijiy til sertifikati yöqligi sababli magistrlik dissertatsiyasini himoya qila olmagan talabalarga yangi tartib asosida himoyaga ruxsat berildi. Buning uçun ular belgilangan talablarga javob beradigan milliy yoki xalqaro til sertifikatini taqdim etişi kerak.
Mazkur tartib Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi komissiyasining 2026-yil 25-sentabrdagi 5-son bayoni bilan belgilangan. Tegişli körsatma oliy ta’lim muassasalari rektorlariga yuborilgan.
Talab etiladigan til darajasi mutaxassislikka qarab farqlanadi. Filologiya yönalişlari uçun C1, gumanitar va ijtimoiy fanlar, biznes va boşqaruv, huquq, jurnalistika hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kabi sohalar uçun B2 darajasi talab etiladi. Boşqa ta’lim sohalari, şuningdek, madaniyat va sport mutaxassisliklari uçun esa B1 darajasi belgilangan.
Taqdim etiladigan sertifikatning amal qiliş muddati tugamagan bölişi va u Adliya vazirligida 2024-yil 29-mayda 3515-raqam bilan röyxatdan ötkazilgan tan olingan sertifikatlar röyxatiga mos kelişi şart.
Belgilangan talablarga javob beradigan sertifikatni taqdim etgan magistrantlar uçun yakuniy davlat attestatsiyasi, jumladan, magistrlik dissertatsiyasi himoyasini taşkil etiş oliy ta’lim muassasalari rahbarlariga topşirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!