Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 28-oktabr kuni Lacetti rusumli avtomobil daraxtga urildi. YTH oqibatida avtomobil ikkiga bo‘lingan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa soat 02:30 larda Bunyodkor ko‘chasida, Oliy Majlis binosi qarshisida sodir bo‘lgan. 2005-yilda tug‘ilgan R.A. boshqaruvidagi Lacetti haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.
Hodisa oqibatida haydovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun u shifoxonaga olib ketilgan.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!