$
12800.13 UZS
-7.9
129.02 UZS
-1.13
13467.02 UZS
-145.35
16° Kechasi

Shavkat Mirziyoyev aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya bilan uzluksiz ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

18:22 / 15.11.2024

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-noyabr kuni aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya bilan uzluksiz ta’minlash, soha korxonalarida samaradorlikni oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Bu borada 10-iyun kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida vazifalar belgilangan edi. Mutasaddilar shu asnoda amalga oshirilgan ishlar, kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik to‘g‘risida axborot berdi.

Qayd etilganidek, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining o‘sib borayotgan talabiga mos hajmda gaz yetkazib berilmoqda. Tarmoqlar modernizatsiya qilinayotgani, iqtisodiyotda energiya samaradorlik oshirilayotgani natijasida yo‘qotishlar kamaymoqda. Masalan, so‘nggi yillarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun gaz sarfi 1,6 barobar kamaygan.

Oldinda yana ko‘p vazifalar bor. Hozirgi mavsum va kelgusi yillarda aholini energiya manbalari bilan barqaror ta’minlash, buning uchun yetarli zaxira tayyorlash zarur.

Yig‘ilishda shu masalalar tarmoqlar kesimida muhokama qilindi.

Bu yil qish mavsumida iste’molchilarga 21 milliard kub metr gaz yetkazib berish hisob-kitob qilingan. Havo harorati keskin tushib ketsa, aholi ehtiyoji yanada oshadi. Mutasaddilar bu boradagi rejalarni oyma-oy va tumanlar kesimida bayon etdi.

Ijtimoiy muassasalar va korxonalarni energiya bilan uzluksiz ta’minlash uchun alohida zaxira inobatga olingan. Ushbu tabiiy gazni issiqlik elektr stansiyalari, kimyo va metallurgiya korxonalari, gaz quyish shoxobchalariga manzilli yetkazish bo‘yicha tizim tashkil etilgan.

Tarmoqlarda gaz hisobi va nazorati bo‘yicha boshlangan ishlarni qat’iy davom ettirib, yo‘qotishlarni yanada kamaytirish mumkinligi ta’kidlandi. Andijon, Navoiy va Toshkent viloyatlarida gazni tejash bo‘yicha aniqlangan imkoniyatlarni boshqa hududlarda ham amalga oshirish vazifasi qo‘yildi.

Davlatimiz rahbari mutasaddilarga ishni tuman va mahallalar miqyosida tashkil etib, energiya ta’minoti bilan bog‘liq masalalarni joyida hal qilish, talab va iste’molni muvofiqlashtirib, uzilishlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Yig‘ilishda gaz sohasidagi transformatsiya jarayonlariga ham to‘xtalib o‘tildi. Tarmoq korxonalari xalqaro moliya bozoriga chiqib, modernizatsiya uchun mablag‘larni mustaqil jalb etishi belgilandi.

Gaz tarmoqlarini yangilash va tartibga solishda eng katta imkoniyat – raqamlashtirish va xususiy sheriklik. Shu nuqtayi nazardan, tarmoqqa xususiy operatorlarni jalb qilish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Prezident har bir tarmoq va uning korxonalari kesimida tannarxni kamaytirish, xarajatni maqbullashtirish va transformatsiya jarayonini tezlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Yetakchi xorijiy kompaniyalarni jalb etib, geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish muhimligi aytildi.


O‘zbekiston


														
														Bolalar ombudsmani Samarqandda jinsiy zo‘ravonlikka uchragan qiz bilan uchrashdi

Bolalar ombudsmani Samarqandda jinsiy zo‘ravonlikka uchragan qiz bilan uchrashdi

Oliy Majlisning Bolalar huquqlari bo‘yicha vakili Surayyo Rahmonova Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida guruhli jinsi…
11:13 / 17.11.2024

														
														“Yoshlar daftari”ga kimlar kiritilishini bilasizmi?

“Yoshlar daftari”ga kimlar kiritilishini bilasizmi?

"Yoshlar daftari"ga doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha 14-30 yoshgacha bo‘lgan quyidagi toifadagi yoshlar kiritilad…
08:24 / 17.11.2024

														
														17-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

17-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 1-3, kunduzi 14-16 daraja iliq bo‘ladi.
02:37 / 17.11.2024

														
														Yil boshidan beri O‘zbekistonga qancha sayyoh tashrif buyurdi?

Yil boshidan beri O‘zbekistonga qancha sayyoh tashrif buyurdi?

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 951,3 ming kishiga ko‘p.
21:20 / 16.11.2024

														
														Tog‘a voyaga yetmagan jiyanlarini xipchin bilan savaladi

Tog‘a voyaga yetmagan jiyanlarini xipchin bilan savaladi

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilib, munosabat bildirildi.
16:43 / 16.11.2024

														
														Itlarni otgan shaxslarning ov miltig‘i olib qo‘yildi

Itlarni otgan shaxslarning ov miltig‘i olib qo‘yildi

Mazkur holat Toshkent viloyati IIBB nazoratiga olingan.
16:38 / 16.11.2024

														
														Shavkat Mirziyoyev Senat a’zolarini tayinladi

Shavkat Mirziyoyev Senat a’zolarini tayinladi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 92-moddasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 75-moddasiga muv…
14:08 / 16.11.2024

														
														Toshkentda Malibu temir ustunga borib urildi

Toshkentda Malibu temir ustunga borib urildi

YTH natijasida avtomashina haydovchisi va yo‘lovchisi 2004-yilda tug‘ilgan D.S.larga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibb…
09:41 / 16.11.2024

														
														16-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

16-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 0-2, kunduzi 11-13 daraja iliq bo‘ladi.
04:57 / 16.11.2024

														
														Shavkat Mirziyoyev aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya bilan uzluksiz ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya bilan uzluksiz ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-noyabr kuni aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya bilan uzluksiz ta’minlash, soha korxo…
18:22 / 15.11.2024

Bu ham qiziq

Rossiya Donbassdagi ikkita aholi punktini egallab, nazorat maydonini kengaytirdi

Rossiya Donbassdagi ikkita aholi punktini egallab, nazorat maydonini kengaytirdi

Rossiya Mudofaa vazirligi maxsus harbiy operatsiya zonasida so‘nggi 24 soat ichida sodir bo‘lgan voqealar haqida ma’lumot be…
17:53 / 16.11.2024
Turkiya Suriyada harbiy operatsiya o‘tkazmoqchi

Turkiya Suriyada harbiy operatsiya o‘tkazmoqchi

Turkiya armiyasi Suriya bilan chegarada harbiylarini to‘plashda davom etmoqda, bu mamlakatning yangi operatsiyaga tayyorgarl…
09:02 / 16.11.2024
Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun imzolandi

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun imzolandi

Bu haqda Bolalar Ombudsmani xabar bermoqda.
11:36 / 15.11.2024
“Bizning asosiy maqsadimiz - qayta tiklanadigan manbalardan elektr energiyasini ishlab chiqarishni ko‘paytirish” – vazir o‘rinbosari

“Bizning asosiy maqsadimiz - qayta tiklanadigan manbalardan elektr energiyasini ishlab chiqarishni ko‘paytirish” – vazir o‘rinbosari

Vazir o‘rinbosari toza energiyaga o‘tishda chegaradosh davlatlar bilan transchegaraviy aloqalarni kengaytirish bo‘yicha hamk…
17:18 / 15.11.2024
Bolalar ombudsmani Samarqandda jinsiy zo‘ravonlikka uchragan qiz bilan uchrashdi

Bolalar ombudsmani Samarqandda jinsiy zo‘ravonlikka uchragan qiz bilan uchrashdi

Oliy Majlisning Bolalar huquqlari bo‘yicha vakili Surayyo Rahmonova Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida guruhli jinsi…
11:13 / 17.11.2024
Zoir Mirzayev Yangiyo‘l shahar hokimini lavozimidan oldi

Zoir Mirzayev Yangiyo‘l shahar hokimini lavozimidan oldi

Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi ma’lum qilgan.
13:11 / 15.11.2024
17-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

17-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 1-3, kunduzi 14-16 daraja iliq bo‘ladi.
02:37 / 17.11.2024
58 yoshli Tayson 27 yoshli blogerga mag‘lub bo‘ldi

58 yoshli Tayson 27 yoshli blogerga mag‘lub bo‘ldi

AQShning Arlington shahrida uzoq kutilgan professional boks turniri yakuniga yetdi.
10:54 / 16.11.2024
O‘zbekistonda vafot etgan rossiyalik jurnalistning o‘limi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar ochiqlandi

O‘zbekistonda vafot etgan rossiyalik jurnalistning o‘limi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar ochiqlandi

O‘zbekistonda vafot etgan rossiyalik jurnalist Inessa Papernayaning o‘lim sababini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayi…
12:24 / 15.11.2024
Itlarni otgan shaxslarning ov miltig‘i olib qo‘yildi

Itlarni otgan shaxslarning ov miltig‘i olib qo‘yildi

Mazkur holat Toshkent viloyati IIBB nazoratiga olingan.
16:38 / 16.11.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!