Prezident farmoni bilan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi yana Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkazildi.
2023-yil 1-yanvarda Xotin-qizlar va oila ishlari qo‘mitasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga o‘tkazilib, bosh vazirning xotin-qizlar va oila masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi tugatilgandi.
Shu yil 21-dekabr prezidentning (PF-208-sonli) “Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Farmonga ko‘ra, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining bo‘ysunuvi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazildi.
Qo‘mita faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasida bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimi joriy etildi.
Shuningdek, Qo‘mita raisi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan:
· Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimi;
· viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘rinbosarlari – viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari lavozimi;
· tuman (shahar) hokimlarining o‘rinbosarlari – tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari boshliqlari lavozimi kiritildi.
Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti negizida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!