O‘zbekistonning Efiopiyadagi birinchi elchisi etib tayinlangan Ashraf Xodjayev Efiopiya Prezidenti Taye Atske-Selassiyega ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Marosim doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Efiopiya o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Efiopiya Prezidenti O‘zbekistonning mamlakatdagi ilk elchisi tayinlanganini mamnuniyat bilan qarshi olib, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish va amaliy hamkorlikni kengaytirishga ishonch bildirdi.
O‘zbekiston elchisi esa Prezident Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazib, o‘zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, Ashraf Xodjayev 2024-yil fevralidan buyon O‘zbekistonning Qatardagi elchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Shuningdek, 2025-yil oktabr oyidan boshlab o‘rindoshlik asosida Janubiy Afrika Respublikasidagi elchi sifatida ham akkreditatsiyadan o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Efiopiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1996-yil 15-iyulda o‘rnatilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!