Soliq qo‘mitasi bank kartalariga kelib tushayotgan yirik mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar yuzasidan jamoatchilik orasida paydo bo‘lgan muhokamalarga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, muhokamalarga sabab bo‘lgan loyiha soliq organlariga yangi vakolatlar bermaydi hamda bank sirini bekor qilishni nazarda tutmaydi. Shuningdek, fuqarolar yoki tadbirkorlarning bank hisobvaraqlariga erkin kirish imkoniyati ham ko‘zda tutilmagan.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, bunday axborot almashinuvi mexanizmlari xalqaro amaliyotda keng qo‘llaniladi. Xususan, ushbu tizim Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) mamlakatlarida ham amal qiladi va jahon standartlariga mos keladi.
Soliq qo‘mitasi mazkur tartibning asosiy maqsadi soliq ma’murchiligini takomillashtirish va iqtisodiy jarayonlarning shaffofligini ta’minlashdan iborat ekanini ta’kidladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!