2022-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra Davlat qarzi qoldig‘i 26,2 mlrd. AQSH dollarni (shundan, davlat tashqi qarzi – 23,16 mlrd. AQSH doll., davlat ichki qarzi – 3,07 mlrd. AQSH doll.) yoki yalpi ichki mahsulotga (YAIM) nisbatan 34,1 foizni tashkil etdi. Bu haqda Moliya vazirligi hisobotida qayd etilgan.
Xususan, davlat qarzining YaIMga nisbati 2021-yil boshida 39,0 foizdan (2021-yil yakunida – 38,0 foiz) 2022-yilning 1-oktabr holatiga 34,1 foizgacha pasaydi.
Xalqaro valyuta jamg‘armasining mamlakatlar iqtisodiyotiga bag‘ishlangan hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining davlat qarzi bugungi kunda “mo‘ʼtadil” darajada hisoblanadi.
Taʼkidlanishicha, Davlat qarzini makroiqtisodiy barqaror darajada saqlash va uni samarali boshqarish yuzasidan amalga oshirilayotgan choralar, shuningdek, milliy valyuta almashuv kursining barqarorligi sharoitida respublika iqtisodiyotining yuqori surʼatlar bilan o‘sishi taʼminlangani natijasida 2021-yildan boshlab davlat qarzining YaIMga nisbati barqarorlashishi kuzatilgan.
Bundan tashqari, 2022-yilning III choragida YAIM real o‘sish surʼati 5,8 foizni tashkil etgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!