$
12694.97 UZS
40.84
161.60 UZS
0.42
14878.50 UZS
60.51
37° Kechasi 24°

O‘zini Prezident Administratsiyasi xodimi deb tanishtirgan mahkumning jazo chorasi og‘irrog‘iga almashtirildi

18:07 / 07.12.2021

Toshkent viloyatida mahkum o‘zini Prezident Administratsiyasi xodimi deb tanishtirib, unga avvaldan tanish bo‘lgan fuqaroni ishga joylashga uringan.

IIV Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Toshkent viloyati Chirchiq shahrida bir necha marta qonunbuzarliklar sodir etgani uchun sudlangan T.T. ismli shaxs navbatdagi jazo muddatini o‘tayotgan vaqtida Qashqadaryo viloyati elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘iga uyali telefoni orqali qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini Prezident Administratsiyasining mas’ul xodimi deb tanishtiradi va unga o‘zining nomidan ish so‘rab bir kishi borishini, uni ish bilan ta’minlashini aytadi. 

Xabarda aytilishicha, mazkur holat yuzasidan IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tezkor tadbir davomida mahkum T.T. daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Jazoni ijro etish departamenti tomonidan Jinoyat ijroiya kodeksining 120-moddasiga muvofiq T.T. ashaddiy tartibbuzar deb topilgan va unga nisbatan jazosini o‘talmay qolgan 3 yil-u 5 oy 24 kun muddatni manzil kaloniyasidan umumiy tartibdagi kaloniyaga ko‘chirish jazosi qo‘llanildi.

Mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, mahkum T.T. so‘nggi marta 2020-yilning 24-avgust kuni Chirchiq shahar sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi bilan 4 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.


Bu ham qiziq

Urganchda shoqollar yurgani yuzasidan ma’lumot berildi

Urganchda shoqollar yurgani yuzasidan ma’lumot berildi

Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi bunga rasmiy munosabat bildirdi.
09:53 / 28.06.2025
AQSh Oliy sudi tug‘ilganlik orqali fuqarolik berish masalasida Tramp qarorini qo‘llab-quvvatladi

AQSh Oliy sudi tug‘ilganlik orqali fuqarolik berish masalasida Tramp qarorini qo‘llab-quvvatladi

Ushbu farmon Qo‘shma Shtatlardagi noqonuniy muhojirlarning mamlakatda tug‘ilgan bolalariga fuqarolik berishni taqiqlaydi.
14:18 / 28.06.2025
G‘azoda Isroil tarqatayotgan un qoplarida giyohvand moddalar topildi

G‘azoda Isroil tarqatayotgan un qoplarida giyohvand moddalar topildi

Bu haqda Quds news network xabar berdi.
15:56 / 28.06.2025
Tehron uranni boyitish niyatidan voz kechmagan

Tehron uranni boyitish niyatidan voz kechmagan

Eron uranni boyitish huquqiga ega va bu faoliyatni to‘xtatishni rejalashtirmayapti.
09:46 / 30.06.2025
UFC 317. Iliya Topuriya Charlz Oliveyrani birinchi raundda nokautga uchratdi

UFC 317. Iliya Topuriya Charlz Oliveyrani birinchi raundda nokautga uchratdi

Topuriya yengil vaznning yangi chempioniga aylandi.
10:06 / 29.06.2025
Ziplayn va kanatli park qurish rejalashtirilgan tuman va shaharlar ro‘yxati e’lon qilindi

Ziplayn va kanatli park qurish rejalashtirilgan tuman va shaharlar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarining tog‘li va cho‘l hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal…
16:46 / 29.06.2025
Qimmatbaho metallarga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslar rag‘batlantiriladi

Qimmatbaho metallarga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslar rag‘batlantiriladi

YATTlarga zargarlik buyumlarini sotish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi.
16:50 / 30.06.2025
Andijonda jihodchilarning yashirin jamoasi aniqlandi

Andijonda jihodchilarning yashirin jamoasi aniqlandi

Joriy yilning may oyida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib borilgan tadbirlar davomida jihodchilar diniy ekst…
11:57 / 28.06.2025
1-iyuldan Toshkent-Chorvoq yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

1-iyuldan Toshkent-Chorvoq yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Yo‘nalishda naqd pulda va bank kartalari orqali to‘lov amalga oshirish imkoniyati mavjud.
13:11 / 29.06.2025
Toshkentda qariyb 2 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangan novvoyxona va kafel sexi aniqlandi

Toshkentda qariyb 2 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangan novvoyxona va kafel sexi aniqlandi

Toshkent viloyatida 1,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar aniqlandi. Bu haqda “Hududgazta’minot”…
13:08 / 28.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!