Parkent tumanida an’anaviy “Uzum sayli” xalqaro festivali qizg‘in va ko‘tarinki ruhda davom etmoqda. 21–22-avgust kunlari o‘tkazilayotgan festival Parkentning uzumchilik an’analari, betakror tabiati va turistik salohiyatini keng namoyish etishga xizmat qilmoqda.
Festival davomida tashrif buyuruvchilar turli navdagi uzumlar, milliy taomlar, hunarmandchilik mahsulotlari va hududga xos an’analar bilan yaqindan tanishmoqda. Shuningdek, agroturizm va enoturizm yo‘nalishlari ham keng targ‘ib qilinib, Parkentni mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun yanada jozibador turistik maskanga aylantirishga e’tibor qaratilmoqda.
Tadbirlar davomida Parkentning go‘zal tabiati, uzumzorlari, milliy qadriyatlari va mehmondo‘stligi namoyish etilmoqda. Festivalga tashrif buyurgan mehmonlar uchun turli ko‘rgazmalar, madaniy dasturlar va ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etilgan.
Kechki paytlarda esa taniqli san’atkorlar ishtirokidagi musiqiy dasturlar bo‘lib o‘tmoqda. Jonli ijrolar va ko‘tarinki kayfiyat festival muhitini yanada jonlantirib, tashrif buyuruvchilarga unutilmas taassurot ulashmoqda.
“Uzum sayli” xalqaro festivali nafaqat uzumchilikni targ‘ib qilish, balki Parkentning turizm, milliy taomlar, hunarmandchilik va madaniy merosini yagona turistik mahsulot sifatida namoyish etishga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!