Pokiston hukumati avvalroq Pokiston Elektron OAVlarni tartibga solish boshqarmasi (PEMRA) tomonidan ilgari surilgan sobiq bosh vazir Imron Xonning OAVga chiqishiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishni buyurdi.
Ko‘rsatma PEMRA PTI rahbari Imron Xonning matbuot anjumanini translyatsiya qilishni taqiqlaganidan bir soat o‘tgach e’lon qilindi.
Agentlik bahona sifatida Imron Xon o‘z chiqishlarida davlat institutlariga qarshi asossiz ayblovlar qo‘yganini ko‘rsatdi.
Ularning fikricha, milliy televideniyada bunday kontentning ko‘rsatilishi jamiyatda nafratning kuchayishiga sabab bo‘ladi va Imron Xonning chiqishlari milliy xavfsizlikka tahdid soladi.
Eslatib o‘tamiz, bir kun avval Imron Xon bosh vazir Shehbaz Sharif, ichki ishlar vaziri Rana Sanaulloh va harbiy doiralarning nomi oshkor etilmagan vakilini hayotiga suiqasd uyushtirishda ayblagan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!