$
11847.16 UZS
52.28
141.44 UZS
2.77
13843.41 UZS
157.81
31° Kechasi 18°

Pokistondan import qilingan mevalar tarkibida zararkunandalar aniqlandi

18:27 / 23.12.2024

Pokistondan import bo‘lgan mahsulot uchun rasmiylashtirilgan 30 dan ortiq fitosanitar sertifikat qalbaki ekanligi aniqlandi. Bu haqda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi xabar berdi.

Har yili qish mavsumida respublikada sitrus mevalariga bo‘lgan talab yuqori bo‘lib, mazkur turdagi mahsulotlarning import hajmi ortadi. Mevalarning katta qismi O‘zbekistonga Pokiston davlatidan import qilinadi. Tabiiyki, olib kirilgan mahsulotlar karantin nazoratidan o‘tkaziladi.

Bir necha kun avval “Ayrtom” chegara o‘tkazish punkti orqali 26 ta transport birligida Pokiston davlatidan olib kirilgan mandarin partiyasida karantinosti zararkunanda borligi ma’lum bo‘ldi. Mahsulotlardan namunalar olinib, Agentlikning Markaziy fitosanitariya laboratoriyasida ekspertiza o‘tkazildi. Tahlil natijasida import mevada “Qizil pomeranes” qalqondori mavjudligi aniqlandi. Mazkur turdagi hasharot limon, xurmo, anjir, olma, olxo‘ri, zaytun, uzum kabi o‘simliklarning shirasi bilan oziqlanib, ularning hosildorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Asosan Pokiston, Afg‘oniston, Jazoir, Angola, Gvineya, Misr, Tanzaniya, Janubiy Afrika hududida tarqalgan.

Holatga oydinlik kiritish maqsadida Karantin agentligi Pokiston karantin xizmati bilan bog‘landi. Muloqotda Pokiston tomoni dekabr oyida O‘zbekistonga mandarin eksporti uchun fitosanitariya sertifikati rasmiylashtirib berilmaganligini ma’lum qildi.

Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq, endilikda Pokistondan olib kirilishi rejalashtirilgan barcha karantin ostidagi mahsulotlar uchun berilgan fitosanitariya sertifikati haqqoniyligi chegara maskanlarida Karantin agentligining “E-Fitouz” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali tekshirilib, Pokiston davlatining elektron bazasida ushbu fitosanitariya sertifikati mavjudligi tasdiqlangandan so‘ng mahsulotlar olib kirilishiga ruxsat berilishi belgilandi.

Shu o‘rinda Pokistondan mandarin eksporti uchun import karantin ruxsatnomasi (IKR) rasmiylashtirilishi vaqtinchalik to‘xtatilgani haqida ogohlantiramiz.


O‘zbekiston


														
														Qozog‘istonda xavfli kasallik: o‘zbekistonliklar ham kasallangan

Qozog‘istonda xavfli kasallik: o‘zbekistonliklar ham kasallangan

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida yil boshidan buyon sakkiz kishida Kongo-Qrim gemorragik isitmasi aniqlangan. Ular orasi…
12:03 / 22.08.2026

														
														Qashqadaryoda IIB xodimi fuqaroni qiynoqqa solib, kaltaklagani aytilmoqda

Qashqadaryoda IIB xodimi fuqaroni qiynoqqa solib, kaltaklagani aytilmoqda

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida Ichki ishlar bo‘limi xodimi mahalliy fuqaroni qiynoqqa solib, kaltaklagani haqid…
12:00 / 22.08.2026

														
														Britaniyada piton saratondan noyob usul yordamida davolandi

Britaniyada piton saratondan noyob usul yordamida davolandi

Buyuk Britaniyaning Kent grafligidagi hayvonot bog‘ida veterinarlar 18 yoshli, besh metr uzunlikdagi Jodi Foster laqabli to‘…
11:53 / 22.08.2026

														
														Parkentdagi “Uzum sayli”: festivalga qancha mablag‘ ajratildi?

Parkentdagi “Uzum sayli”: festivalga qancha mablag‘ ajratildi?

Parkent tumanida an’anaviy “Uzum sayli” festivali o‘tkazilmoqda. Tadbirni tashkil etish uchun mahalliy budjetdan 2 milliard …
11:46 / 22.08.2026

														
														Chinozda ko‘p qavatli uyning tom qismi yonib ketdi

Chinozda ko‘p qavatli uyning tom qismi yonib ketdi

Bugun, 22-avgust kuni soat 08:17 da Toshkent viloyati Chinoz tumani “Bunyodkor” MFY, Sh. Rashidov ko‘chasida joylashgan ko‘p…
11:40 / 22.08.2026

														
														FIFA Argentina terma jamoasi futbolchilarini jazoladi

FIFA Argentina terma jamoasi futbolchilarini jazoladi

FIFA Intizom qo‘mitasi 2026-yilgi Jahon chempionati finalidan so‘ng Argentina terma jamoasining uch nafar futbolchisiga nisb…
11:36 / 22.08.2026

														
														Surxondaryoda 3 kg dan ortiq narkotik moddalar musodara qilindi

Surxondaryoda 3 kg dan ortiq narkotik moddalar musodara qilindi

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yich…
11:21 / 22.08.2026

														
														Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev mamlakatimizga davlat tashrifi arafasida katta intervyu berdi.

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev mamlakatimizga davlat tashrifi arafasida katta intervyu berdi.

Prezident Ilhom Aliyev: “Qardosh O‘zbekistonga har safar kelganimda, ayniqsa so‘nggi yillarda mamlakatning barcha sohalarda …
22:19 / 21.08.2026

														
														Saida Mirziyoyeva Buxorodagi 21-sonli MTTning ochilish marosimida ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva Buxorodagi 21-sonli MTTning ochilish marosimida ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva Buxoro tumanida zamonaviy va energiyatejamkor talablar asosida rekonstruksiya qilingan 21-sonli MTTning oc…
12:34 / 21.08.2026

														
														Bugun, 20-avgust kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 20-avgust kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

20-AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI19-avgust soat 20:00 dan 20-avgust soat 20:00 gacha
16:27 / 19.08.2026

Bu ham qiziq

Tarkibida psixofaol va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan mahsulotlar fosh etildi

Tarkibida psixofaol va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan mahsulotlar fosh etildi

Toshkent xalqaro aeroportida kannabis moyi va psixofaol qo‘ziqorinlar aniqlandi
09:40 / 19.08.2026
YPX xodimidan qochgan Onix YTHga uchradi

YPX xodimidan qochgan Onix YTHga uchradi

2026-yil 17-avgust kuni soat 01:10 larda Andijon shahri Mashrab ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari tomonidan On…
09:36 / 18.08.2026
Saida Mirziyoyeva Buxorodagi 21-sonli MTTning ochilish marosimida ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva Buxorodagi 21-sonli MTTning ochilish marosimida ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva Buxoro tumanida zamonaviy va energiyatejamkor talablar asosida rekonstruksiya qilingan 21-sonli MTTning oc…
12:34 / 21.08.2026
FIFA Argentina terma jamoasi futbolchilarini jazoladi

FIFA Argentina terma jamoasi futbolchilarini jazoladi

FIFA Intizom qo‘mitasi 2026-yilgi Jahon chempionati finalidan so‘ng Argentina terma jamoasining uch nafar futbolchisiga nisb…
11:36 / 22.08.2026
“10 ming korxona uchun – sun’iy intellekt hamkor” dasturi boshlanadi

“10 ming korxona uchun – sun’iy intellekt hamkor” dasturi boshlanadi

Korxonalarga sun’iy intellekt joriy qilish xarajatining 50 foizi kompensatsiya qilinadi.
12:48 / 18.08.2026
Toshkentda taksi haydovchisiga kuch ishlatgan bloger qamoqqa olindi

Toshkentda taksi haydovchisiga kuch ishlatgan bloger qamoqqa olindi

Toshkentda taksi haydovchisi bilan yuzaga kelgan mojaro vaqtida unga kuch ishlatgan bloger qamoqqa olindi. Bu haqda Toshkent…
14:43 / 19.08.2026
8 davlat Isroilni G‘azo bo‘yicha tinchlik rejasini buzishda aybladi

8 davlat Isroilni G‘azo bo‘yicha tinchlik rejasini buzishda aybladi

Iordaniya, BAA, Indoneziya, Pokiston, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Qatar va Misr tashqi ishlar vazirlari qo‘shma bayonot bil…
17:18 / 17.08.2026
Chinozda ko‘p qavatli uyning tom qismi yonib ketdi

Chinozda ko‘p qavatli uyning tom qismi yonib ketdi

Bugun, 22-avgust kuni soat 08:17 da Toshkent viloyati Chinoz tumani “Bunyodkor” MFY, Sh. Rashidov ko‘chasida joylashgan ko‘p…
11:40 / 22.08.2026
Qashqadaryoda IIB xodimi fuqaroni qiynoqqa solib, kaltaklagani aytilmoqda

Qashqadaryoda IIB xodimi fuqaroni qiynoqqa solib, kaltaklagani aytilmoqda

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida Ichki ishlar bo‘limi xodimi mahalliy fuqaroni qiynoqqa solib, kaltaklagani haqid…
12:00 / 22.08.2026
Krishtianu Ronalduning Toshkentga kelish sanasi ma’lum bo‘ldi

Krishtianu Ronalduning Toshkentga kelish sanasi ma’lum bo‘ldi

“Paxtakor”ning Osiyo Chempionlar ligasi Elita turniri asosiy bosqichidagi taqvimi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, Toshkent klubi …
11:47 / 19.08.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!