Toşkent şahar sudlari bloger Komila Abduqodirova (“Kokoş”), aktrisa Barçin Ğofurova va bloger Nihola Rajabovaga nisbatan çiqarilgan sud hukmi yuzasidan rasmiy izoh berdi. Apellyatsiya instansiyasi ularni tuhmat va tovlamaçilikda aybdor deb topib, 3 yil 6 oydan 4 yil 6 oygaça ozodlikdan mahrum etgan edi.
Sud izohida ta’kidlanişiça, jarrohlik amaliyoti oqibatida öziga moddiy va ma’naviy zarar yetkazilgan deb hisoblagan şaxs qonuniy tartibda vakolatli organlarga murojaat qilişi mumkin. Biroq masalani qonunda taqiqlangan usullar bilan hal qilişga uriniş jiddiy huquqiy oqibatlarga olib keladi.
Sudlarning qayd etişiça, Komila Abduqodirova va uning hamrohlari klinika rahbariga nisbatan tuhmatli videolar tarqatgan hamda ularga moddiy manfaat evaziga uşbu videolarni öçiriş va klinika obrösini tiklaşni taklif qilgan. Ular klinika rahbaridan Abduqodirovaning Turkiyadagi xususiy klinikada qöşimça davolanişi uçun 35 ming dollar talab qilgan.
Sud materiallariga köra, mojaro 2025-yil mart oyida Komila Abduqodirovaning Toşkentdagi “Med Consultant” xususiy klinikasida liposaksiya va abdominoplastika amaliyotlarini ötkazganidan keyin boşlangan. Jarrohlikdan söng unda nekroz jarayoni kuzatilgan. Sud hujjatlarida bemor şifokorlar tavsiyalariga, jumladan, reabilitatsiya va yotoq rejimiga töliq rioya qilmagani ham qayd etilgan.
Şundan keyin sudlanuvçilar Instagram sahifalarida klinika şifokorlarini ayblovçi va haqoratli videolar joylaştirgan. Ular esa sud majlisida öz ayblariga iqror bölmagan. Jabrlanuvçi U.A. dastlabki tergovdagi körsatmalarini tasdiqlab, sudlanuvçilarga qonuniy jazo tayinlaşni söragan.
2025-yil 13-noyabr kuni apellyatsiya instansiyasi Komila Abduqodirovani Jinoyat kodeksining 140-moddasi 3-qismi “a” bandi va 165-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topib, unga 3 yil 6 oy, Barçin Ğofurovaga 4 yil, Nihola Rajabovaga esa 4 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlagan. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilangan.
Toşkent şahar sudlari birinçi instansiya hukmining apellyatsiya tartibida bekor qilinişi va jazolarning özgartirilişi odil sudlov jarayonining bir qismi ekanini bildirdi. Şuningdek, sudlanuvçilarda apellyatsiya instansiyasi hukmi ustidan şikoyat qiliş huquqi mavjudligi eslatildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!