$
11918.98 UZS
57.02
₽
148.04 UZS
0.91
€
13283.70 UZS
5.42
31° Kechasi 18°

Poraxo‘r xodimlar davlat xizmatiga qayta qabul qilinmaydi

11:18 / 28.05.2022

Oliy Majlis Senatining bugungi yalpi majlisida ko‘pdan buyon muhokama qilinayotgan muhim qonunlardan biri “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Qonun bilan davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat idoralarida mehnat qilayotgan 100 mingdan ortiq davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati, ularning maqomi hamda huquq va majburiyatlari, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatiga kirish hamda ushbu tizimda korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishga oid munosabatlar tartibga solingan.

Shuningdek, ushbu hujjat davlat fuqarolik xizmatchilarining ish samaradorligi va kompetensiyasini baholovchi mezonlar, ularning malakasini oshirishga bo‘lgan talablarni belgilashda to‘g‘ridan-to‘g‘ri taʼsir ko‘rsatuvchi qonun hisoblanadi.

Muhokama qilingan Qonun normalari faqatgina davlat reyestriga kiritiladigan lavozimlarda faoliyat yuritayotgan davlat xizmatchilariga nisbatan tatbiq etiladi.

Bundan tashqari, davlat fuqarolik xizmatini tartibga solishda davlat organlarining asosiy vakolatlari belgilangan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va boshqa vakolatli davlat organlarining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari aniq ko‘rsatib o‘tilmoqda.

Qonun bilan davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishning huquqiy asoslari yaratilmoqda, yaʼni davlat xizmatchilarining faoliyati eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholanishi qatʼiy belgilanmoqda. Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmaydi.

Shu bilan birga, Qonunda xalqqa xizmat qilish davlat fuqarolik xizmatining asosiy prinsiplaridan biri etib belgilanmoqda.

Taʼkidlanganidek, mazkur Qonunning hayotga tatbiq etilishi natijasida davlat xizmati sohasini tartibga solishning huquqiy asoslari yaratiladi. Davlat xizmatchilarining toifasi, maqomi, malaka darajasi, ularga qo‘shimcha haq to‘lash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bilan bir qatorda ularning masʼuliyatini ham yana-da oshirishga xizmat qiladi.

Davlat fuqarolik xizmati sohasida vakolatli organ etib — Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi belgilandi.


Bu ham qiziq

“Paxtakor” Iroqda mağlubiyatga uçradi.

“Paxtakor” Iroqda mağlubiyatga uçradi.

Bugun, 27 oktyabr kuni Toşkentning “Paxtakor” jamoasi Elit Osiyo çempionlar ligasining 3-turi doirasida Iroqning “Eyr Fors” …
08:35 / 27.10.2026
Megan Markl otasi bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi

Megan Markl otasi bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi

Sasseks gersoginyasi Megan Markl 2025-yilda otasi Tomas Marklga maktub yozib, uning farzandlari bilan uçraşişiga ruxsat berm…
13:34 / 27.10.2026
Prezident kino orqali milliy özlikni dunyoga tanitiş muhimligini ta’kidladi

Prezident kino orqali milliy özlikni dunyoga tanitiş muhimligini ta’kidladi

Prezident milliy kino san’ati orqali Özbekiston tarixi, madaniyati va milliy qahramonlarini xalqaro miqyosda keng tarğib eti…
17:33 / 26.10.2026
Kinematografiya agentligi tugatilib, vakolatlari Madaniyat vazirligiga ötkaziladi

Kinematografiya agentligi tugatilib, vakolatlari Madaniyat vazirligiga ötkaziladi

Prezident kino sohasini boşqariş tizimini isloh qilişni ma’lum qildi. Unga köra, Kinematografiya agentligi tugatilib, kino s…
17:44 / 26.10.2026
“Özbekfilm” milliy kinokompaniyasi yangi biznes modeli asosida işlaydi

“Özbekfilm” milliy kinokompaniyasi yangi biznes modeli asosida işlaydi

“Özbekfilm” davlat muassasasi tugatilib, uning örnida zamonaviy biznes modeli asosida faoliyat yuritadigan yangi milliy kino…
17:47 / 26.10.2026
Özbekistonda birlamçi tibbiy yordamning yangi tizimi yana 100 ta tumanda joriy etiladi

Özbekistonda birlamçi tibbiy yordamning yangi tizimi yana 100 ta tumanda joriy etiladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev birlamçi tibbiy yordam sifatini oşirişga qaratilgan yangi tizim kelasi yildan yana 100 ta tumand…
11:55 / 27.10.2026
Özbekistonda tibbiyot tizimiga sun’iy intellekt joriy etiladi

Özbekistonda tibbiyot tizimiga sun’iy intellekt joriy etiladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev tibbiyotni raqamlaştiriş işlari xususiy klinikalar va dorixonalarni ham qamrab olayotganini ma’l…
11:39 / 27.10.2026
28-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

28-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika böylab havo özgaruvçan böladi, ayrim joylarda yoğingarçilik kuzatiladi.
17:52 / 27.10.2026
Andijonda Labo Malibu-2 bilan töqnaşdi

Andijonda Labo Malibu-2 bilan töqnaşdi

26-oktyabr kuni Andijon şahridagi Bobur şoh köçasida Labo va Malibu-2 avtomobillari iştirokida yöl-transport hodisasi sodir …
16:33 / 26.10.2026
Ispaniyada avtobus 20 metrli jarlikka qulab, 83 kişi jarohatlandi

Ispaniyada avtobus 20 metrli jarlikka qulab, 83 kişi jarohatlandi

Ispaniyaning Barselona şahri yaqinida avtobusning taxminan 20 metr çuqurlikdagi jarlikka qulaşi oqibatida 83 kişi jarohatlan…
10:26 / 27.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!