“Özbekfilm” davlat muassasasi tugatilib, uning örnida zamonaviy biznes modeli asosida faoliyat yuritadigan yangi milliy kinokompaniya taşkil etiladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov ma’lum qildi.
Prezident yangi kompaniya milliy kino brendini yaratiş va zamonaviy kinoindustriyani rivojlantirişda tayanç markaz hamda boş operator vazifasini bajarişini ta’kidladi.
Yangi kinokompaniya bevosita film işlab çiqariş bilan şuğullanmaydi. Filmlarni yaratiş töliq xususiy sektorga ötkaziladi. Kompaniya esa kino loyihalarini tanlaş va moliyalaştiriş, filmlarni tarğib qiliş va tarqatiş, şuningdek, ularni xalqaro bozorlar hamda kinofestivallarga olib çiqiş bilan şuğullanadi.
Uşbu özgarişlar orqali filmni işlab çiqarişdan tortib tomoşabinga yetkazişgaça bölgan jarayonni yagona tizimga birlaştiriş közda tutilgan. Mas’ullarga yangi milliy kinokompaniya faoliyatini bir hafta muddatda yölga qöyiş topşirildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!