$
12844.21 UZS
-11.72
127.35 UZS
-0.81
13508.26 UZS
-62.46
15° Kechasi

Poytaxt bozorlarida rekonstruksiya ishlari boshlanmoqda

09:22 / 05.01.2024

“Toshkentdagi oziq-ovqat, dehqon va buyum bozorlaridagi sotuvchi va xaridorlarga qulaylik yaratish, bozorlar faoliyatini takomillashtirish, ularning sanitariya-gigiyena hamda yong‘in xavfsizligi talablariga javob beradigan holatga keltirish maqsadida, bozorlarda qurilish va rekonstruksiya ishlari boshlanmoqda.

Ushbu ishlarning birinchi bosqichida, poytaxtimizning barcha bozorlariga mahsulotlarni asosiy yetkazib beruvchisi bo‘lgan Toshkent qishloq xo‘jalik mahsulotlari ulgurji bozorida rekonstruksiya ishlari boshlanishini ma’lum qilamiz.

Bozorga olib kelinayotgan mahsulotlar bozor hududiga sig‘may, atrofidagi hududlarda, shu jumladan Chirchiq kanali bo‘yida tartibsiz savdo amalga oshirilayotganligi hamda bozor hududiga kuniga 600 dan ortiq yuk mashinalari kirib-chiqishi avtomobil yo‘llarining tirbandligiga asosiy sabab bo‘lmoqda va aholiga jiddiy noqulayliklar yaratmoqda.

Rekonstruksiya davrida tadbirkorlar o‘z faoliyatini “Food city”, “Tashkent Index” va boshqa savdo majmualarida tashkil etilgan qulay sharoitlarda davom ettirilishi taklif qilinadi.

Bunda, tadbirkorlar mulklarini ko‘chirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar (transport, yuklash, tushirish va boshqalar) bepul amalga oshiriladi hamda savdo majmualaridagi do‘konlar uchun ijara to‘lovlaridan 3 oy muddatga ozod qilinadi.

Shuningdek, aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida “Qo‘yliq” massividan bozor hududigacha yo‘l kira haqqi olinmaydigan 10 ta avtobus yo‘nalishga qo‘yilib,  jamoat transporti uchun shoh bekat tashkil qilindi va shaharning barcha yo‘nalishlarga chiqish imkoni yaratildi.

Bozorda faoliyat yuritayotgan 144 nafar ishchi-xodimlarni “Food city” va “Tashkent city” savdo majmualarida ish bilan ta’minlanadi.

Shu tariqa, bozorlarni tartibga keltirish, ko‘chirish yoki rekonstruksiya qilish ishlari poytaxtimiz bo‘ylab davom etadi va tez orada ular aholi uchun fayzli va obod maskanlarga aylanishiga umid qilamiz”– deyiladi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabarida.


Bu ham qiziq

Gaz xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvchi mobil ilova ishga tushirildi

Gaz xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvchi mobil ilova ishga tushirildi

“Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan aholi isteʼmolchilarining tabiiy gaz sarfi va xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvch…
14:24 / 21.11.2024
O‘zbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-noyabr kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Ross…
18:42 / 21.11.2024
Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 noyabr kuni madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, xususan, teatrlarning jamiyat madan…
19:21 / 22.11.2024
Tramp Adliya vazirini Bosh prokuror qilmoqchi

Tramp Adliya vazirini Bosh prokuror qilmoqchi

Bu haqda prezident o‘zining “Truth Social” ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.
10:01 / 22.11.2024
Xorazm viloyatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi

Xorazm viloyatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-noyabr kuni Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirl…
20:30 / 22.11.2024
Bayden Netanyaxuni hibsga olish to‘g‘risidagi orderni “dahshatli” deb atadi

Bayden Netanyaxuni hibsga olish to‘g‘risidagi orderni “dahshatli” deb atadi

Kecha, 21-noyabr kuni Xalqaro jinoyat sudi Netanyaxu va Galantni G‘azo sektoridagi harbiy jinoyatlari uchun hibsga olish to‘…
09:38 / 22.11.2024
Qobul Dusovga 1 yillik uy qamoq jazosi tayinlandi

Qobul Dusovga 1 yillik uy qamoq jazosi tayinlandi

Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
17:39 / 22.11.2024
Toshkentda nogironligi bor fuqarolar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi

Toshkentda nogironligi bor fuqarolar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi

Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
12:43 / 21.11.2024
Zelenskiy: “Putin urushni kengaytirish yo‘lidagi ikkinchi qadamni qo‘ydi”

Zelenskiy: “Putin urushni kengaytirish yo‘lidagi ikkinchi qadamni qo‘ydi”

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning ballistik raketa bilan hujumiga munosabat bildirdi.
10:55 / 22.11.2024
Ukrainadagi vaziyat sabab To‘qayev mamlakatni harbiy shay holatga keltirmoqda

Ukrainadagi vaziyat sabab To‘qayev mamlakatni harbiy shay holatga keltirmoqda

Bu haqda, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti axborot xizmati xabar bermoqda.
12:01 / 22.11.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!