$
11960.09 UZS
-71.16
152.53 UZS
-0.71
13670.38 UZS
-94.57
31° Kechasi 18°

Prezident "davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi

16:48 / 17.06.2023

Prezident "Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Qonunga muvofiq, quyidagi jismoniy shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega:

  • kam taʼminlangan shaxslar, agar ular:
  • fuqarolik ishlari bo‘yicha daʼvogarlar yoki javobgarlar; 

  • maʼmuriy ishlar bo‘yicha arizachilar; 

  • maʼmuriy qamoq tarzidagi maʼmuriy jazo nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar; 

  • jinoyat ishlari bo‘yicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek mahkumlar bo‘lsa;

  • ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga "Psixiatriya yordami to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganda;

  • o‘z huquqlari buzilgan, "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida"gi qonunda nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar;

  • jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun jismoniy shaxslar eksterritoriallik prinsipi asosida maxsus vakolatli davlat organiga (Adliya vazirligiga) og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.

Ariza maxsus vakolatli davlat organiga kelib tushgan kundan eʼtiboran 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi (Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan, jinoyat ishlari bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan hollar va muddatlar bundan mustasno).

Davlat hisobidan yuridik yordam faqat davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar reyestriga kiritilgan advokatlar tomonidan ko‘rsatiladi. Maxsus vakolatli davlat organining davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish haqidagi qarori yoki advokat tayinlash to‘g‘risidagi surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoxud sudning ajrimi "Yuridik yordam" axborot tizimida ro‘yxatga olinganidan keyin tizim advokatni avtomatik ravishda tanlaydi.

Qayd etilishicha, advokatga Hukumat tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorlarda to‘lov amalga oshiriladi.


Bu ham qiziq

Manchesterning sobiq meri Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi

Manchesterning sobiq meri Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi

Manchesterning sobiq meri Endi Byornem Buyuk Britaniyadagi hukmron Leyboristlar partiyasining yangi rahbari etib saylandi.
11:38 / 18.07.2026
Nokia 44 kungacha quvvat ushlaydigan yangi telefon chiqarishi mumkin

Nokia 44 kungacha quvvat ushlaydigan yangi telefon chiqarishi mumkin

Internetda hali rasman taqdim etilmagan Nokia 300 4G Power Bank tugmachali telefonining texnik xususiyatlari tarqaldi.
11:14 / 19.07.2026
Rossiyadan O‘zbekistonga shokolad niqobi ostida narkotik yuborilgani aniqlandi

Rossiyadan O‘zbekistonga shokolad niqobi ostida narkotik yuborilgani aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati Rossiyadan O‘zbekistonga yuborilgan jo‘natma ichidan narkotik modda aniqlanganini ma’lum qildi.
17:15 / 19.07.2026
Farg‘onada 2 ayolni Turkiyaga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Farg‘onada 2 ayolni Turkiyaga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Farg‘ona viloyati IIB hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida odam savdosi…
11:36 / 18.07.2026
Tramp Kanada tovarlariga 50 foizlik boj joriy etdi

Tramp Kanada tovarlariga 50 foizlik boj joriy etdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Kanadada ishlab chiqarilgan vinolardan tortib xokkey tayoqchalari va sementgacha bo‘lgan ayrim …
10:44 / 21.07.2026
20-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

20-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
15:49 / 19.07.2026
G‘ijduvon va Nukus tumanlarida noqonuniy dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi

G‘ijduvon va Nukus tumanlarida noqonuniy dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi

Tezkor tadbir davomida 111 turdagi jami 25716 dona dori vositalari, bo‘sh qutilar, yorliqlar, yo‘riqnomalar va boshqa vosita…
09:17 / 17.07.2026
Anomal issiqda xodim ishlashni rad etishga haqlimi?

Anomal issiqda xodim ishlashni rad etishga haqlimi?

Davlat mehnat inspeksiyasining ma’lum qilishicha, agar anomal issiq paytida mehnat sharoiti xodimning hayoti yoki sog‘lig‘i …
12:23 / 19.07.2026
Jazirama sabab elektr ta’minoti vaqtincha uziladi

Jazirama sabab elektr ta’minoti vaqtincha uziladi

O‘zbekistonda yirik avariyalarning oldini olish uchun ayrim hududlarda elektr 2 soatga o‘chiriladi.
16:03 / 17.07.2026
Jizzaxda 3 qiz sun’iy hovuzda cho‘kib, vafot etdi

Jizzaxda 3 qiz sun’iy hovuzda cho‘kib, vafot etdi

Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida sun’iy hovuzga cho‘milishga tushgan 3 nafar voyaga yetmagan qiz cho‘kib ketib, vafot…
10:33 / 21.07.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!