Anomal issiqda yopilgan bog‘cha xodimlariga ish haqi to‘liq to‘lanadi
O‘zbekistonda anomal issiq kunlarda yopilgan bog‘cha xodimlariga ish haqi to‘liq to‘lab beriladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tegishli ko‘rsatma bergan.
Ko‘rsatmaga ko‘ra, anomal issiq ob-havo sharoiti tufayli bekor turib qolingan vaqtga mutanosib ravishda xodimlarga ish haqi to‘liq to‘lanadi. Bolaning bog‘chaga kelmagan kunlari uchun ota-ona to‘lovi undirilmaydi.
Bolalarning elektron davomat ma’lumotlari ota-onalar to‘lovlari hamda qonunchilikda belgilangan boshqa hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun yagona asos hisoblanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!