Braziliya Tramp ma’muriyati vakillariga viza bermadi
Braziliya AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining ikki vakiliga viza berishni rad etdi. Bu haqda Reuters o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Braziliya rasmiylari ushbu shaxslar mamlakatning oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga ta’sir o‘tkazishga uringan, deb hisoblamoqda. Saylovda amaldagi prezident Luis Inasiu Lula da Silva senator Flavio Bolsonaro bilan raqobatlashadi.
Viza berilmagan shaxslar AQSH Davlat departamentining Demokratiya, inson huquqlari va mehnat masalalari bo‘yicha byurosi vakillari Rayli Barns hamda Samuel Samson ekani aytilmoqda.
Braziliya tomoni qarorni saylov tizimiga siyosiy ta’sir o‘tkazishga urinishlar haqidagi dalillar bilan izohlagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!